426
bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib,
samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin.
Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyutsion yo‘l kamroq ijtimoiy
larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas,
balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti
vujudga
keltirilayotgan
va
amal
qilib
turgan
mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu
boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum
andozalari ularni amalga
oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi.
Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha
andozalari va hokazo
193
.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan
hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan
foydalanish
imkoniyatlarining
tugab
borishi
bilan
notovar
iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1)
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi;
2)
xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish»
oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon
iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo,
mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir
vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga
oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish
mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq
qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi
o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini
shakllantirishning asosiy
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik
hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek,
davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga
193
Karimov I.А. O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o
‘
tishning o‘ziga xos yo
‘
li. –Т.: O
‘
zbekiston,
1993, 23-bet.
427
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga
tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
−
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor
qilish;
−
resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
−
narxlarning
asosan,
talab
va
taklif
nisbati
asosida
shakllantirilishiga o‘tish;
−
ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish
va raqobat muhitini
yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini
taqozo etadi:
−
barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va
sharoitlar yaratilishi;
−
bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon
berilishi;
−
kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy
to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-
quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni
pasaytirish;
−
tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini
tartibga solish va boshqalar.
3.
Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi
sohalarni qamrab oladi:
−
mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy
sektorni yaratish;
−
bozor infratuzilmasini (tijorat
banklari, tovar va fond birjalari,
investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
−
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini
yaratish;
−
bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul
qilish va boshqalar.
4.
Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda
iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari
tarkibida oldingi tizimdan
qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga
yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy
428
maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini
olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez
o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim
ahamiyati shundan kelib
chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va
kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida
namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor
munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning
uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta
muhim
hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga
pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy
foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini
aniq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining
yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: