434
•
bunday miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish uchun moliyaviy
resurslar mavjud bo‘lmagan taqdirda davlat qarzining o‘sishi;
•
siyosiy beqarorlikning ortishi;
•
iqtisodiyotni xorijiy investitsiyalarga yuqori darajada bog‘liqligi
yuzaga kelishi;
•
tashqi savdo beqarorligi.
O‘tmishdagi muvaffaqiyatli tajribasiga asoslanib, D.Saks o‘tish
davri bosqichida (Sharqiy Yevropa, sobiq
SSSR va Lotin Amerikasi
mamlakatlari) yangi makroiqtisodiyotga barcha narxlar nazoratidan
butunlay voz kechish, subsidiyalarni bekor qilish, davlat mulkini sotish
va erkin, o‘zgaruvchan kursni joriy etishni tavsiya qildi. Shok terapiyasi
bu mamlakatlarda makroiqtisodiyotning tuzilishi va rag‘batlantirilishida
keskin o‘zgarishlar shaklini oldi.
Natijada, Polsha va boshqa Sharqiy
Yevropa mamlakatlari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish talablariga javob
beradigan darajada iqtisodiy rivojlanish darajasiga erishdilar.
Sobiq
Sovet Ittifoq va Lotin Amerikasi makroiqtisodiyoti bu o‘rinda salbiy
ta’sirga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: