Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

17.4.
 
BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISHNING 
EVOLYUTSION YO‘L TAVSIFI 
 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning evolyutsion yo‘li ba’zi adabiyot- 
larda to‘rt, ba’zi adabiyotlarda olti o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajratib 
ko‘rsatiladi. 
N.A. Mixnenko
197
bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolyutsion yo‘lining 
quyidagi xususiyatlari mavjud deb ko‘rsatgan: 

Davlat uzoq muddatli islohotlar strategiyasi asosida bosqichma- 
bosqich, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining mexanizmlarini bozor 
munosabatlari bilan almashtirish orqali amalga oshiradi; 

islohotlarning 
boshlanishida 
iste’mol bozorida dinamik 
muvozanatni o‘rnatish amalga oshadi; 

bozor munosabatlari dastlab iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 
va sotish sohasini qamrab oladi va keyinchalik investitsion sektorlarga 
murojaat qiladi; 

yuqori inflyatsiyani bartaraf etish va hokazolar uchun qattiq 
moliyaviy siyosat olib boriladi. 
A.S.Bulatov
198
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning evolyutsion yo‘lini 
quyidagi umumiy xususiyatlar bilan tavsiflaydi: 
1.
Davlat uzoq muddatli islohotlar strategiyasini bosqichma- 
bosqich, 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlari 
mexanizmlari bilan almashtiradi. Bu jarayon Vengriyada 1968-yildan 
1990-yilgacha, Xitoyda 1979-yildan hozirgacha davom etmoqda. 
2.
Islohotlarning 
boshlanishi 
iste’mol bozorida dinamik 
muvozanatni o‘rnatish bilan kechib, unda nafaqat tovar narxining 
egiluvchanligi orqali, balki birinchi navbatda xususiy sektorida iste’mol 
tovarlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan jadal rivojlantirilib 
boriladi. Xitoyda xususiy sanoat korxonalarini tashkil etishga cheklovlar 
1980-yillarning o‘rtasida bekor qilindi, va iste’mol bozorini besh-olti yil 
ichida to‘liq tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish imkonini berdi. 
197
https://konspekts.ru/ekonomika-2/evolyucionnyj-i-revolyucionnyj-put-shokovaya-terapiya-kak-
 
osnovnye-varianty-perexoda-k-rynochnoj-ekonomike/#!
 
198
Булатов А.С.. Экономика. Учебник. – Москва, 1999. С.35-36. 


437 
3.
Bozor munosabatlari dastlab iste’mol tovarlarini ishlab 
chiqarish va sotish sohasini qamrab oladi va keyin investitsiya sohasiga 
yo‘naltiriladi. 
4.
Aholi turmush darajasining keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun narxlarni liberallashtirish islohotning keyingi bosqichlarida, 
ko‘pincha kuchli monopolistik tendensiyalarga ega bo‘lgan tarmoqlarda 
davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. 
5.
Yuqori inflyatsiyani oldini olish uchun qattiq moliyaviy siyosat 
olib boriladi. Misol uchun Vengriyada chakana savdo narxlari maksimal 
yillik o‘sish 35% (1991), Xitoyda esa 24,1% (1994) ni tashkil etdi. 
6.
Bozor 
infratuzilmasi 
jadal 
rivojlantiriladi, 
xususiy 
tadbirkorlikni, asosan, kichik ishlab chiqarish va xizmatlarda 
rag‘batlantiriladi. 
Birlamchi iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun qishloq 
xo‘jaligi va tegishli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, keyin esa bozor 
mexanizmlarini yanada kengaytirish va shu bilan birga iste’mol bozorini 
to‘ldirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish o‘tish davri ucun qulay 
asos bo‘ladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin