Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Fransiyada Gollizm iqtisodiy siyosati



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Fransiyada Gollizm iqtisodiy siyosati
200

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Fransiya iqtisodiyotida quyidagilar 
kuzatildi: 

aholi turmush darajasining pasayishi; 

mavjud ishlab chiqarishning pasayishi; 

inflyatsiyaning yuqori darajalari. 
AQSH tomonidan taklif etilgan dastur bo‘yicha Fransiyaga ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda moliyaviy yordam kelardi. Shu sababli Fransiyada 
o‘z ichki resurslari hisobiga iqtisodiy inqirozdan chiqish choralari 
ko‘rila boshlandi. 
1958-yili Fransiya prezidentligiga Sharl de Goll saylanadi. U 
xo‘jalik hayotining bir qator islohotlarini ishlab chiqdi va amaliyotga 
taqdim eta boshladi. Iqtisodiyotni yangilanishga qaratilgan mazkur xatti-
harakat “gollizm” nomini olib, u ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
muammolarni yechishni nazarda tutar edi. Tashqi iqtisodiy siyosatda 
Fransiya tomonidan Angliya va AQSH ta’sirini kamaytirishga qaratilgan 
siyosat yurgizildi. Iqtisodiy islohotlarning rejasi asosan milliy xo‘jalikni 
yangidan qurishga qaratildi. 
Gollizm siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanardi: 

iqtisodiyotni indikativ tartibga solish (faqat asosiy yo‘nalishlarni 
tartibga solish); 

davlatning strategik ahamiyatga ega iqtisodiy sohalarni 
moliyaviy qo‘llab quvvatlashi; 

kuchli davlat sohasini yaratish va uni ta’sirini mustahkamlash; 

davlatning iqtisodiy faolligini oshirish va uni vazifalarini 
kengaytirish; 

iqtisodiyotni tartibga solishda administrativ va siyosiy usullarini 
keng qo‘llash. 
Gollizmning iqtisodiy siyosati quyidagicha bo‘ldi: 

asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlardan foydalanish va tasarruf etish 
davlat qo‘lida to‘planilgan edi. Bu jarayonni davlat turli kuch ishlatish 
yo‘llari bilan amalga oshirdi; 

Fransiya iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotidagi roli kuchaytirildi; 
200
А.Н.Кошилев. Краткий курс по истории мировой экономики: учебное пособие. – М.: 
издательство “Окей-книга” , 2008, стр. 122-123 


440 

davlat qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali kapitalni mamlakat 
ichida saqlab qoldi; 

iqtisodiyotning rejali rivojlanishi amalga oshirildi; 

ijtimoiy ta’minot va kafolat tizimi yaratildi

sanoatini faol kengaytirish shart-sharoitlari yaratildi; 

iqtisodiyotning ilmsig‘imli tarmoqlari yaratildi; 

hukumatining tarkibiy tuzilishi qayta isloh qilindi. 
Gollizm siyosati birinchi mavjud reja asosida amalga oshmadi, 
chunki mamlakatda siyosiy qarama-qarshiliklar mavjud edi, sotsializm 
va kapitalizm to‘qnashuvlari muntazam bo‘lib turardi. Lekin, 
keyinchalik ular o‘rtasida kelishuv amalga oshirilib, sotsializm va 
kapitalizm vositalari qo‘llaniladigan milliy iqtisodiyot tiklana boshlandi. 
Mamlakatda siyosiy mexanizmlarni o‘zida mujassam- lashtirgan ijtimoiy 
yo‘naltirilgan iqtisodiyot amalga oshirila boshlandi. Ijtimoiy kafolat va 
milliy daromadni qayta taqsimoti barqaror rivojlanayotgan davlatning 
yaratilishiga asos bo‘ldi. 
Aerokosmik, raketa, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimiyo kabi 
iqtisodiyotning ilmiy tarmoqlari progressiv rivojlantirildi. Bu tarmoqlar 
jahon bozoriga yuqori talabga ega tovarlarni etkazib bera boshladi. 
Qishloq xo‘jaligi, yangi ko‘rinishni olib, tezlik bilan rivojlandi, 
meva-sabzavotlarni yetishtirishda yuqori texnologiyali uskunalar 
ishlatila boshlandi. Fransiya jahon bozoriga sifatli qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari bilan chiqdi va hatto AQSHning sut mahsulotlarini, alkogol 
ichimliklarini surib tashadi. 
Iqtisodiyotda gollizm siyosatini qo‘llanilishi Fransiyani iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin