Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Boliviyada shok terapiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Boliviyada shok terapiyasi. 
1985-yilda Boliviyada giperinflyat- 
siya yuzaga kelib, xalqaro valuta jamg‘armasiga moliyaviy 
majburiyatlarni bajara olmadi. Boliviya hukumatining iqtisodiy 
maslahatchisi bo‘lgan D. Saks “shok terapiyasi” deb nomlanuvchi keng 
ko‘lamli reja tuzib, Boliviya bozorini liberallashtirish, davlat 
subsidiyalarini bekor qilish, bojxona to‘lovlarini bartaraf etish va 
Boliviya iqtisodini AQSH dollariga bog‘lash orqali inflyatsiyani sezilarli 
darajada pasaytirdi. Saks rejasini amalga oshirgandan so‘ng, inflyatsiya 
1985-yilda 20.000% dan ortiqroq holatida, 1989-yilda 15% ga tushdi. 
Polshada «shok terapiyasi» 
eng ijobiy namuna hisoblanadi. Bu 
markaziy Yevropa mamlakatiga demokratiya kelishi bilan hukumat 
Jeffri Saks va sobiq IMF iqtisodchisi Devid Liptonning maslahatlaridan 
foydalanib, davlatni tartibga soladigan choralari bo‘lgan narxlarni 
nazorat qilish va subsidiyalarni qo‘llashdan darhol voz kechdi. 
Biroq, shu bilan birga davlat sektorini xususiylashtirilishi, 
bosqichma-bosqich o‘zgarishi juda qiyin kechdi. Ishlab chiqarish hajmi 
oshdi, ammo bir vaqtning o‘zida ishsizlik ham ko‘tarildi. Ko‘plab 
iqtisodiy tiklanish dasturlari zudlik bilan qo‘llanilgan bo‘lsa-da, davlat 


435 
korxonalarini 
xususiylashtirish 
jarayoni 
Rossiyaning 
"yovvoyi 
kapitalizm" qaraganda og‘riqsiz o‘tishi uchun bir muncha uzoq vaqt 
ketdi. 
Bugungi kunda, Polsha post-sovet davlati sifatida Yevropa 
davlatlariga xos bo‘lgan turli xil iqtisodiy muammolarga qaramasdan 
YaIM eng yuqori o‘sish sur’atiga ega va 1993–2004-yillardagi daromad 
darajasi yuqorilashganini hisobga olgan holda, 2004-yil 1-mayda 
Yevropa Ittifoqiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. 
Rossiya (1992–1998-yllar) shok terapiyasi. 
Rossiyada keskin 
iqtisodiy islohotlar 1992-yil 2-yanvardan boshlangan. Ular E.Gaydar 
tomonidan klassik “shok terapiyasi” ssenariyasida emas, balki uning 
asosiy shartlaridan biri bo‘lgan - inflyatsiya darajasining keskin pasayshi 
(1991-yilda Rossiyada o‘rtacha yillik inflyatsiya yiliga 301,5%, 1996-
yilda esa 21,5 % bo‘lgan) va 1992-yilda “shok terapiyasi”ning talablariga 
zid bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi budjeti YaIMga nisbatan 40%lik 
taqchillik bilan amalga oshgan. 
Rossiya akademigi A.D. Nekipelovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 
amalga oshirilgan shok terapiyasi (iqtisodiy faoliyatni maksimal 
erkinlashtirish, davlat mulkini o‘zboshimchalik bilan taqsimlash, yalpi 
talabdagi jiddiy cheklovlari sababli moliyaviy beqarorlik) kambag‘al 
bozor tizimini yaratishga olib keldi. Uning xususiyatlari sifatida Rossiya 
akademigi A.D. Nekipelov quyidagilarni ko‘rsatdi: “iqtisodiy 
faoliyatning misli ko‘rilmagan darajada pasayishi, real sektorda 
kapitalning daromadlilik darajasining foiz stavkasi oshishi va bu 
sharoitda butun iqtisodiyotning muqarrar ravishda moliyaviy va savdo 
spekulyasiyatsiga yo‘naltirilishi, va “yomon barqarorlik” paydo 
bo‘lishidan kelib chiqqan surunkali moliyaviy inqirozga: ya’ni 
quyidagicha: budjet defitsiti – davlat xarajatlarining qisqarishi – ishlab 
chiqarishning pasayishi va budjetga yo‘naltiriladigan soliqlarning 
qisqarishi”. 
Rossiyada birinchi nisbiy iqtisodiy yutuqlar 1998–yildan keyin 
o‘zini ko‘rsatdi. Ko‘pchilik ularni iqtisodiy siyosatning keyingi 
konservatizmi natijasi deb biladi. Shunday qilib, tovarlarning taqchilligi 
1992–yil boshida import hisobiga bartaraf etildi, inflyatsiya 1998–yilda 
83% ga kamaydi va 1997–yilda birinchi o‘sish kuzatildi. 


436 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin