Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ikkinchi bosqichda 
investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib 
qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib 
berdi: 

davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni 
oxiriga yetkazish; 

ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash; 

milliy valuta – so‘mni yanada mustahkamlash

iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo 
etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish
206

O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan 
qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam 
ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettirildi. 
O‘tish bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish 
nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal 
qilishning asosiy shartidir»
207
. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq 
vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi: 

iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish 
jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish; 

xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida 
amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish; 

mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita 
yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart- 
sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 
206 
Karimov I.А. O

zbekiston buyuk kelejak sari. –Т.: O

zbekiston, 1998. 332–333-betlar. 
207 
I.А. Karimov. Оzod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. –Т.: O

zbekiston, 
2000, 15-b. 


449 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda 
ustuvor o‘rin egallashiga erishish;

mamlakatning 
eksport 
salohiyatini 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng 
ko‘lamda integratsiyalashuvini ta’minlash;

iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada 
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom 
ettirish.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin