450
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini
mulkchilik munosabatlarini
tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va
raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli respublikada
mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda
tutilgan maqsad davlat
mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga
ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki
bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga
quyidagilar sabab bo‘ldi:
−
Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning ustunlikka egaligi,
aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning
ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liqligi;
−
Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil
qiladigan
sanoatning
ko‘pgina tarmoqlarini (paxta
tozalash,
to‘qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik
mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq
xo‘jaligiga bog‘liqligi;
−
qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valuta
resurslari, respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-
darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni
ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;
−
mustaqillik
sharoitida
qishloq
xo‘jaligining
oziq-ovqat
muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik
bilan bozor munosabatlariga
o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi.
Moliyaviy munosabatlarda davlat budjeti taqchilligini kamaytirib borish,
budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma- bosqich
qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari
uchungina budjetdan mablag‘ ajratish, iqtisodiyotni
rivojlantirishda
investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy
yo‘nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri
narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar
tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal
qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar
451
jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi.
Shuningdek, narxlarni
erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan
aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi tenglikka erishishga harakat
qilinadi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha
hamma turdagi
xomashyo va mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha
iste’mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning
Dostları ilə paylaş: