Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
O‘tish davri deganda nima tushunasiz? 
2.
O‘tish davrining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 
3.
O‘tish davrining qonuniyatlari qaysilar? 
4.
O‘tish davrida qanday siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar 
yuz beradi? 
5.
Shok terapiyasi qanday qo‘llaniladi? 
6.
Shok terapiyasi Rossiyaga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 
7.
Evolyutsion yo‘l qanday tavsiflarga ega? 
8.
O‘tish davrining Sharq va G‘arb xususiyatlari qanday? 
9.
Angliyada bozor iqtisodiyotiga o‘tish qanday kechgan? 
10.
Xitoy jahon bozoriga qaysi yo‘l bilan chiqdi? 


446 
18-
 
MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI 
MA’MURIY- BUYRUQBOZLIK TIZIMIDAN BOZOR 
MUNOSABATLARIGA O‘TISH DAVRI KONSEPSIYASI 
 
(1 soat) 
18.1.
 
O‘ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTIGA 
O‘TISHNING TAMOYILLARI VA XUSUSIYATLARI 
 
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsada, turli mamlakatlar 
turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir 
tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyutsion va evolyutsion yo‘llari 
mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyutsion yo‘lini, birdaniga katta 
to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos 
madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo‘ldagi 
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to‘ntarishlarsiz, 
ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta- 
sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. «Bizning bozor munosabatlariga 
o‘tish modelimiz Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va 
xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama 
hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir 
yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish 
merosiga barham berishga asoslanadi»
203

«O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos 
islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z 
oldimizga 
uzoq 
va 
davomli 
milliy 
manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini 
qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» 
deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy 
etishga qaratilgan urinishlardan, bozor 
iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi 
tasavvurlardan voz kechdik»
204
, deb yozadilar mamlakatimiz Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov. 
203
Karimov I.А. O

zbekiston buyuk kelajak sari. –Т.: O

zbekiston, 1998, 101–102-betlar. 
204 
Karimov I.А. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O

zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning 
yo

llari va choralari. – Т.: O

zbekiston, 2009, 7-b. 
I.Karimov (1938–2016) 


447 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy- 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni 
amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz 
tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib 
olingan: 

iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;

o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;

butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, 
qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;

bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy 
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham 
muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki 
tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda 
bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan 
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 
Birinchi 
Prezidentimiz 
I.A.Karimovning 
asarlarida 
bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani 
birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi: 

totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham 
berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga 
olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish
205
.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning 
quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 

o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning 
qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;

mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy 
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining 
boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy 
ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
205 
Karimov I.А. O

zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo

lida. –Т.: «O

zbekiston», 1995, 
19-b. 


448 
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida 
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z 
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun 
mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning 
birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va 
ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin