403
turmush tarzi to‘g‘risida axborot tarqatish vazifasini ham o‘taydi va bu
mahalliy aholining ancha boy qatlamiga “namoyish ta’sirini” o‘tkazadi.
Yer egalari, burjuaziya va amaldorlar rivojlangan mamlakatlarning
iste’mol andozalarini qabul qilishga kirishadi. Natijada avvalari
ko‘yilgan daromad egalarining iste’moli uchun import qilinadigan
tovarlar endi mahalliy sanoat tomonidan ishlab chiqarilishi kuchayadi.
Shu bilan zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan
kapital qo‘yilmalari qisqaradi. Nega bunday jadal “rivojlanish”
ko‘pincha aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelishi shunday
ko‘rinib turibdi.
Tanqidiy yo‘nalish vakillari qiyosli ustunlik nazariyasining
kamchiliklarini ishonarli qilib ko‘rsatib bersada, ular mazkur nazariyaga
qarshi muqobil raqobatbob nazariya tavsiya eta olmadi. Ularning batafsil
ishlab chiqilgan konsepsiyasi bo‘lmaganligi sababli, ulardan faqat ayrim
metodologik elementlarni, nazariy g‘oyalarni olish mumkin. Masalan,
G.Zinger bo‘yicha, xomashyo va mehnatni iqtisod qiluvchi yangi
texnika yuqori rivojlangan mamlakatlar muammosini yechish uchun
mo‘ljallangan. Demak, uni rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llash,
ularning manfaatlariga javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: