16.7.
VALUTA KURSI NAZARIYALARI
Valuta kursini belgilashda har bir mamlakat o‘z iqtisodiy holatidan
kelib chiqib hozirgi kunda tadqiq qilinayotgan valuta kursi nazariyasiga
suyanadi. Valuta kursi nazariyasi turli valutalar orasidagi nisbat, uning
omillar ta’sirida o‘zgarish darajasini o‘rganadi.
Aniq va ishonchli xulosalar, tadqiqotlar natijasi mamlakatda qanday
valuta kursi rejimini tanlash, ya’ni valuta kursini o‘rnatilish
411
usulini hamda uni tartibga solish yo‘llarini aniqlashga imkoniyat
yaratadi.
Valuta kursini o‘rnatilishi hozirgi amaliyotda valutaning to‘lov
qobiliyati paritetiga asoslangandir. Valuta kursi ilgari oltin standart va
qat’iy belgilangan kurslar pariteti orqali o‘rnatilan.
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti asosida o‘rnatilgan kurs valutaning
real kursini ifoda etadi. Shuningdek, to‘lovga qobiliyatlilik pariteti
ko‘rsatkichi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (YaIM va boshqalar) bir
valutada hajmini hisoblash orqali xalqaro taqqoslashda keng qo‘llaniladi.
50-yillar o‘rtalaridan boshlab to‘lovga qobiliyatlilik pariteti asosida
mamlakatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yagona valutada hisoblanadi
va taqqoslanadi.
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti – bu V mamlakatning bir birlik
valutasida sotib olish mumkin bo‘lgan ma’lum bir mahsulotlar va
xizmatlar majmuini A mamlakat valutasi sotib olish uchun yetarli
bo‘lgan pul miqdori.
Ammo biz bilamizki hozirgi kunda valutalar kursi to‘lovga
qobiliyatlilik paritetiga nisbatan haqiqiy baho kasb etmaydi.
90-yillarga kelib to‘lovga qobiliyatlilik pariteti va haqiqiy valuta
kursi orasidagi nisbatni o‘rganish keng miqyosda amalga oshirila
boshlandi. Sababi shu paytga kelib bu ko‘rsatkichlar orasidagi nisbat
keskin o‘zgara boshladi. Natijada mamlakatalarning iqtisodiy holatini
baholovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash birmuncha
noaniqliklarni keltirib chiqardi. Bu taqqoslashlarni amalga oshirish
uchun nazariy valuta kursi funksiyasini bajaruvchi to‘lovga
qobiliyatlilik pariteti foydalanila boshlandi. Shuningdek, bu paritetning
o‘zgarishi orqali valuta kursini o‘zgarishi darajasi ham aniqlana
boshlandi. Erkin suzib yuruvchi valuta kursi rejimida valuta kursi
muvozanatini ta’minlash shu paritet orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hozirgi xalqaro iqtisodiyotda valuta kursi va to‘lovga qobiliyatlilik
pariteti orasidagi nisbat rivojlangan mamlakatlar uchun saqlanib
qolmoqda. Boshqa mamlakatlarda bu nisbat birmuncha farq qiladi.
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti AQSH dollariga nisbatan belgilanadi.
Uzoq muddatli rejada tashqi iqtisodiy aloqalar yordamida
aniqlangan davlatlararo to‘lovga qobiliyatlilik pariteti valuta kurslarida
akslanadi va ularning o‘zgarishiga olib keladi. Shu munosabat bilan
412
to‘lovga qobiliyatlilik pariteti valuta kursining muvozanat nuqtasi bo‘lib
xizmat qiladi. Erkin suzib yuruvchi valuta kursi rejimiga o‘tish
davlatning to‘lovga qobiliyatlilik pariteti orqali ifodalangan iqtisodiy
potentsiallarini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo bugungi
dune bozori sharoitida valuta kursining muvozanat nuqtasi paritet bilan
muvofiqlashuvi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad yuqori bo‘lgan
davlatlarda saqlanmoqda. Jon boshiga daromad o‘rta va past bo‘lgan
davlatlarda mazkur muvozanat nuqta surilgan. Ya’ni o‘rtacha
rivojlangan davlatlarda valuta kursi undagi paritetning ikki baravari yoki
undan ortiq darajada belgilanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, milliy
valutaning mos ravishda 50% va 25% darajasida belgilanmoqda. Unda
valuta kursi undagi paritetning ikki, to‘rt baravari darajasida belgilanadi.
Ana shu yangi nuqtalar atrofida valuta kurslari o‘zgarmoqda. Tashqi
iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining o‘sib
borishi har bir davlat tomonidan valuta kursi va to‘lovga qobiliyatlilik
pariteti o‘rtasidagi munosabatni, uning boshqa davlatlar bilan farqini
o‘rganishni taqozo etadi.
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti va valuta kursi orasidagi tafovut
asosida guruhlangan mamlakatlar o‘rni iqtisodiy rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rniga, yoki jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromadiga ko‘ra o‘rniga nisbatan mos tushadi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad yuqori bo‘lgan davlatlar
uchun valuta kursini to‘lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatining
qiymati 1 dan kichik yoki teng. Bu davlatlar valutalarining xarid
qobiliyati ichki bozorga nisbatan tashqi bozorda yuqoridir. Bu holat
kuchli valutaga ega davlatlarning tashqi bozordagi xaridorlik o‘rnini
ta’minlaydi.
Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanish darajasining valuta kursi
darajasiga bo‘lgan ta’ siri kuzatilmoqda: paritetining asosi bo‘lgan
iqtisodiy rivojlanish darajasi valuta kursining paritetdan farqini
ifodalaydi.
Milliy valuta kursini to‘lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan past
darajadaligiga ega davlatlar quyidagi xususiyatlarga ega. Birinchidan,
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi rivojlangan
mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan yuqori, AQSH
darajasiga nisbatan 80-85 % ni tashkil qiladi. O‘tish iqtisodiyotidagi
davlatlarda bu ko‘rsatkich past bo‘lib, AQSH darajasining 20-25%ini
413
tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida bu ko‘rsatkich
juda ham past bo‘lib 10-15% ni tashkil qiladi.
Tabiiyki, milliy valutani dollar ekvivalenti darajasida belgilasak,
yuqoridagi ko‘rsatkichlarda o‘zgarish yuz beradi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki valutani tartibga solishning turli
usullarini qo‘llash orqali ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy,
Malayziya va boshqalar) milliy valutani barqarorligini oshirishga
erishmoqdalar.
Rivojlanish orqasidan borayotgan O‘zbekiston va boshqa
davlatlarda valuta kursiga bo‘lgan ta’sir ikki yo‘nalishda bo‘lmoqda.
Devalvatsiyaga undovchi faktorlar ikki tomonlama, ya’ni ijobiy va
salbiy jihatdan ta’sir etadi. Bunda salbiy ta’sir qarzning oshishini
hisoblashsa, ijobiy faktor bo‘lib kelajakda raqobatning va eksportning
milliy valutaning arzonlashuvi asosida amalga oshirilishi hisoblanadi.
Eksportni oshirish ijobiy savdo balansini ta’minlash, ichki
jamg‘armani to‘ldirishga, oltin valuta rezervlarini ko‘paytirishga
yordam beradi. O‘zbekistonda eksport hajmi YaIMga nisbatan 23%
(2008-yilda). Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo balansini
ijobiy saldosiga erishish uchun xomashyo resurslari eksport qilinmoqda.
Ammo xomashyoning eksportiga asoslangan iqtisodiy siyosat natijasida
davlat tashqi bozordagi o‘zgarishlarga va narx-navo dinamikasiga
bog‘liq bo‘ladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida xomashyo narxlari
haddan ziyod pasaydi va bu holat arzon xomashyo eksportini vujudga
keltirdi.
Valuta kursini o‘rnatishda to‘lovga qobiliyatlilik bilan birga
quyidagi nazariyalar ham qo‘llaniladi.
1.
Boshqariladigan valuta nazariyasi.
Bu nazariya 1929–1933-yillardagi xalqaro iqtisodiy krizis davrida,
davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi tarafdorlarining nazariyalariga
qarshi holatda vujudga keldi. Bunda valuta davlat tomonidan tartibga
solinish nazariyasi ilgari surilgan. Bu ikki yo‘nalishda mavjud bo‘lgan.
Birinchi yo‘nalish – suriladigan paritet yoki boshqariladigan
standart nazariyasi. Bu nazariya I.Fisher va J.M. Keyns tomonidan
yaratilgan. I.Fisherning fikricha, pul birligini oltin pariteti asosida
boshqarish pulning to‘lovga qobiliyatini barqarorlashtiradi. Keyns esa
egiluvchan paritetni tarafdori bo‘lgan. U milliy valuta kursini tushirib
414
bahoga ta’sir o‘tkazish va shu orqali eksportni, mamlakatdagi ishlab
chiqarish va bandlikni yaxshilash, shuningdek, tashqi bozor uchun
kurashni taklif qilgan.
Ikkinchi yo‘nalish – muvozanat yoki neytral valuta kursi nazariyasi,
bunda to‘lovga qobiliyatlilik pariteti o‘rniga milliy iqtisodiyot uchun
mos neytral valuta kursini o‘rnatish ilgari surilgan.
2.
Yetakchi valutalar nazariyasi.
Bu nazariyaning asoschilari amerikalik iqtisodchilari J.Vilyams, A
Xansen, ingliz iqtisodchilari R.Xoutri, F.Grexem va boshqalardir. Bu
nazariyaning mohiyati quyidagilarni e’tirof etadi:
1)
valutalarni yetakchi (dollar va funt sterling), qattiq (boshqa
rivojlangan mamlakatlar valutalari: Yaponiya eni, Shveysariya franki
va boshqalar) va yumshoq, ya’ni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda aktiv
bo‘lmagan valutalarga bo‘linishi lozimligi;
2)
dollarning oltinga qaraganda yetakchi roldaligi;
3)
barcha mamlakatlarning valuta siyosatida dollarga tayanishi va
uni rezerv valutaligini mamlakatning milliy manfaatiga teskari bo‘lgan
taqdirda ham qo‘llab-quvvatlashi zarurligi.
Bretton-Vuds tizimi inqirozi dollarning yetakchiligiga bir oz bo‘lsa
ham putur yetkazdi. Shuningdek, AQSH valutasi ham boshqa valutalar
singari barqaror emasligi o‘z tasdig‘ini to‘di.
3.
Qat’iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi.
Bu nazariya tarafdorlari (J.Robinson, J. Bikerdayk, A.Braun,
F.Grexem) qat’iy belgilangan paritet rejimini qo‘llashni taklif qilishgan.
Bunda to‘lov balansi muovazanatini saqlash uchungina kursning
o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilgan. Ularning fikricha, valuta kursining
o‘zgarishi – to‘lov balansini tartibga soluvchi samarali vosita emas,
chunki tashqi bozordagi narxlarning o‘zgarishiga valuta kursining
o‘zgarishi yetarlicha ta’sir qilmaydi. Bu nazariya Bretton-Vuds tizimi
prinsiplarida o‘z ifodasini topgan.
4.
Suzib yuruvchi valuta kurslari nazariyasi.
Bu nazariyaning mohiyati qat’iy belgilangan valuta kursiga nisbatan
suzib yuruvchi valuta kursi rejimining quyidagi ustunliklarini
asoslashdan iboratdir:
•
to‘lov balansining avtomatik tekislanishi;
•
tashqi muhitga bog‘liq bo‘lmagan holda milliy iqtisodiy siyosat
usullarini erkin tanlanishi;
415
•
valuta spekulyatsisi oldini olish, chunki suzib yuruvchi valuta
kursida valuta operatsiyasida qatnashuvchi tomonlar foydasi nolga teng
bo‘ladi, ya’ni biri foyda qilsa, ikkinchisi shu miqdorda zarar ko‘radi;
•
xalqaro savdoni rag‘batlantirishi;
•
davlatning valuta kursini o‘rnatishiga ko‘ra valuta bozorining
o‘rnatgan valuta kursi yaxshiligi.
Monetar iqtisodchilar fikriga ko‘ra, valuta kursi bozordagi talab va
taklifga asosan erkin tebranib turishi lozim, davlat esa kursni tartibga
solishi lozim emas.
5.
Valuta kursi normativligi nazariyasi.
Bu nazariyaga ko‘ra valuta kursi iqtisodiyotni tartibga soluvchi
qo‘shimcha vositadir. Bunda egiluvchan kurs rejimi taklif qilingan
bo‘lib, bu kursni davlat nazorat qilishi lozim. Bu nazariyaning normativ
nazariya deb atalishiga sabab, bunda valuta kursi paritetga va xalqaro
tashkilotlar tomonidan belgilangan kelishuvlarga asoslanadi.
Barcha valuta kursi nazariyalari tarafdorlarini ikki guruhga
ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhdagilar eksportyorlar manfaatini
himoyalash maqsadida valuta kursini pasaytirishga qaratilgan davlat
valuta siyosatini yuritishni xohlasalar, ikkinchi guruhdagilar iqtisodiy
qonun-qoidalar asosida valuta kursini erkin tebranishini tarafdorlaridir.
Ikkinchi
guruhdagilar
iqtisodiy
muvozanatga
davlatning
aralashuvisiz erishishni ko‘zda tutadilar. Bunda valuta kursi nazariyalari
valuta kursini oshishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi
degan fikrni ma‘qullaydilar. Shuningdek, bu valuta kursi nazariyalari
asosida mamlakat iqtisodiyoti uchun to‘lovga qobiliyatlilik paritetiga
nisbatan valuta kursini tushirish davlat uchun foydali emasligini
isbotlashgan.
Eksporterlar tarafdorlari fikrlarini davlatning valuta kursini
pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarini (devolvatsiya) ma’qul-
laydilar. Buning asosiy maqsadi eksportni rivojlantrish va to‘lov
balansining ijobiy saldosini ta’minlashdir. Lekin valuta kursini
o‘rnatishda barcha makroiqtisodiy parametrlarni (YaIM o‘sish darajasi,
inflyatsiya va boshqalar) hisobga olish lozim.
|