Xiva xonlari haqida
tarixiy hangomalar
Davlat hukmdorlari tevaragidagi yoki unga qarshi
bo’lgan guruhdagilar tomonidan amalga
oshiriladigan to’ntarishlar nafaqat quvg’inga
uchragan arbob hayotini, balki butun boshli xalq
hayotiniyam izdan chiqarishi, millatni halokat
yoqasiga olib borishi tarixda o’z isbotini topgan….
Yarim kunlik hukmdor
Davlat hukmdorlari tevaragidagi
yoki unga qarshi bo’lgan guruhdagilar tomonidan amalga
oshiriladigan to’ntarishlar nafaqat quvg’inga uchragan
arbob hayotini, balki butun boshli xalq hayotiniyam
izdan chiqarishi, millatni halokat yoqasiga olib borishi
tarixda o’z isbotini topgan….
Xiva xonligida 1695 yildagi Jo’jixon hukmdorligi
zamonidan toki Abulg’ozixon 5 hukmronligi davri-1806
yilgacha bo’lgan vaqt ichida saroy o’yinlari shu darajada
avj oldiki, bu muddat oralig’ida Xiva xonlari taxtida 37
nafar xon hukm yuritdi. Ularning ba’zilari 5-6 yil,
ayrimlari 1-2 yil, boshqa birovlari esa 2-3 oy taxtda
o’tirgan. Masalan, bir xonning hukmronligi bazo’r yarim
kunga etgan, xolos. Ana shu boisdan 17 asr oxirlaridan
19 asr boshigacha bo’lgan davr tarixda “xonlar o’yini”
nomi bilan ataladi.
Dastlab 1557 yilda Do’stxon Bo’g’chaxon Xivada ilk bor
taxtga o’tirib, Xiva xonligi hukmronligini boshladi. U
poytaxtni muqim Xiva deb belgilagan bo’lsa-da, “xonlar
o’yini” davriga kelib, ikki, hatto, uch hokimiyatchilik avj
oldi. Ya’ni rasmiy xon Xivada ko’tarilgan bo’lsa ham
unga qarshi Gurlan, Xazorasp bekliklarida, Orolbo’yida
ham amaldagi xonga muxolif bo’lganlar o’zlarini xon
deb e’lon qilaverganlar.
Ma’lumki, xon(qaon) qadimgi turkiy hukmdor, podsho
ma’nosini anglatgan xon saylash marosimi haqida 1846
yilda Xivaga kelgan rus sayyohi G.Danilevskiy xotiralar
yozib qoldirgan.
Unga ko’ra, “xon saylash” marosimi oddiy xalqdan
pinhona, kechasi bir hovuch saroy amaldorlari va
xonning qarindoshlari tomonidan amalga oshirilgan.
Tabiiyki, xon o’zini saylagan amaldor va qavmlardan
minnatdor bo’lib yurishi va ularga katta moddiy va
siyosiy erkinlik berib qo’ygan. Uni saylash marosimiga
sanoqli odamlar qatnashgan va bunday amaldorlarning
“oliy kengash”ida shayxulislom, devonbegi, naqib, qozi,
mutavalli, parvonachi kabilar bo’lgan. Eng avvalo xon
qilib saylanadigan kishini echintirib, boshdan oyoq yangi
libos kiygizganlar. Keyin esa kiygizlarga o’tirg’izib, uch
marta havoga irg’itib, “xon, xon, xon” deb nido
qilganlar”.
Xiva xonligi tarixida Muhammad Oqatayxon 47 yil,
Arab Muhammadxon 19 yil, (1602-1621), Isfandiyor ibn
Arabxon 19 (1623-1642), Abulg’ozi 20(1643-1663),
Anushaxon (1663-1689), Muhammad Rahimxon 1
yigirma yil, Olloqulixon 18 (1825-1842) va Muhammad
Rahimxon 2 –Feruz 47 yil (1863-1910) hukmronlik
qilib, taxtda eng ko’p o’tirganlar.
Qolgan xonlar esa.. aslzodalardan bo’lgani uchun xon
qilib ko’tarilib, layoqati bo’lmagani sabab, ba’zilari
o’zlari iste’fo bergan. Ayrimlari hatto qochib ketgan.
Ba’zi hukmdorlar esa nomigagina xon bo’lib, amalda
davlatni boshqalar boshqargan.
Masalan, shular orasida Musoxon, Bahodirxonlar qochib
ketishga majbur bo’lganlar. Boisi, saroydagi vaziyat
shuni talab qilar, aks holda ularni o’lim kutardi. Qochgan
xonlardan ushlangan, o’ldirilganlari ham bor. Misol
uchun, Musoxon 1797 yilda taxtni tashlab qochib ketgan
edi. Uni Avaz Mehtar Marvda tutib boshini tanasidan
judo etadi va Xivaga olib keladi.
1740 yil taxtga o’tirgan Abuxayrxon ismli hukmdor
bo’lsa 6 kungina zo’rg’a xon bo’lishga chidab berdi.
Keyin Eron shohi nodir yoniga ktdim deya, asli o’zi
qozoq bo’lgani bois dashtga qarab qochadi.
Arangxon Anushashoh o’g’li davrida (1691-1695)
mang’itlar va Amir Sayyid Inokning o’g’li Odina
Muhammad boshchiligidagi Orol qo’ng’irotlari Xivadan
ajralib chiqadilar. Garchi Odina Muhammad xon bilan
murosaga kelgan bo’lsada, keyingi davrlarda Orol
o’zbeklari tez-tez Xiva xonlariga qarshi chiqib turganlar.
Jumladan Sherg’ozixon davrida (1714-1726) xon bilan
kelishmagan Orol o’zbeklari Buxorodan Musoxonning
o’g’li Shoh Temurni keltirib, xon qiladilar. Natijada Xiva
xoniga qarshi bo’lgan janglarda Vazir, Gurlan,
Shohobod, Bog’olon, Uyg’ur, Xonqa, Xazoraspni bosib
oladilar.
Shundan keyingi davrlarda o’zaro ichki nizolar natijasida
xonlarning almashinishlari natijasida davlat ichida va
tashqarisida urushlar bo’lib turdi. Ba’zan xonlikning
goh-u — goh bu hududlarida bo’lgan ba’zi voqealar ham
davlat darajasiga chiqib, xonlar taqdiriga ta’sir qilib
turgan. Jumladan, 1725 yilda G’oyibxon Bahodir o’g’li
xonlik qilgan paytida Ko’chak bin Muhammad Inoq mast
bo’lib, Gurlanda bir beva xotinning nomusiga qo’l
cho’zadi. Beva xotin esa Shayx Jalil tog’i atroflarida
shikorda yurgan xonga arz qiladi. Xon shaharga qaytib
kelgach, Ko’chakni xodimlari bilan zindonga tashlaydi.
Bu paytda mang’it o’zbeklaridan bo’lgan Xo’rozbek (u
Abulg’oziy soniyni o’ldirgach G’oyibxonni xon qilib
ko’targan, amalda o’zi xon, G’oyibxon esa qo’g’irchoq
hukmdor edi. — U. B.) Mang’itning egasiz erlarini obod
qilish maqsadida ariq qazdirib yurgandi. Ko’chakxon
voqeasini eshitgach u qal’aga kelib, zindondagilarni ozod
qiladi. G’oyibxonni esa noloyiq so’zlar bilan so’kadi.
Ertasi kuni G’oyibxon arqda ko’rinishxonaga kelgan
Xo’rozbekni o’ldirtiradi.
Ana shu voqeani o’z asari — “Tavorixi al Xoniy”da
yozgan Ahmadjon Tabibiy (1871-1912) keyingi
davrlarda Gurlanda yuz bergan xon ko’tarilishlarini ham
qalamga oladi. Ma’lumki, xon qilib ko’tarish uchun oq
kiygiz keltirilgan. Kiygizga bo’lg’usi xonni o’tqazgan
amaldorlar kiygizni to’rt burchagidan ushlab
ko’targanlaricha “xon, xon” deb qichqirganlar.
Biroq davlat poytaxti Xivada ko’tarilgan, ko’pchilik
nazaridan yashirincha o’tkazilgan bu marosimda
faqatgina maxsus shu vazifani bajaruvchi naqib, inoq
kabi amaldorlar ishtirok etishgan. Ahmadjon Tabibiyning
yuqoridagi asarini o’qish orqali shunga iqror bo’lamiz-
ki, Gurlanda ham xon ko’tarilgan kishilar tarixda
bo’lgan. Jumladan, 1756 yilda Xivada to’rt oy xonlik
qilgan Qoraboyxon taxtdan ag’darilib, qozoqlar ichiga
yuborilgan. Uning Qoraqalpoq xoni bo’lgan Bobur ismli
og’asini Qoraboyxon davrida Qoraqalpoqlar Gurlan
o’zbeklariga keltirib berganlar. Gurlan umarolari uni qatl
etadilar.
Shundan keyin xonlik taxtiga o’z odamini chiqarish
uchun Xivaliklar bir taraf, Orol, Gurlan, Urganch va
Amu sohili xalqlari ikkinchi taraf bo’ladi. Nihoyat har
ikkala tomon Buxoro xoni Rahimxon Hakim otaliq o’g’li
yoniga o’z vakillarini jo’natadilar. Xon ularni yarashtirib,
o’rtada Temurg’ozixonni xon etib yuboradi. Har ikkala
taraf ittifoq bo’lib, uni Xivada xon qilib ko’taradilar.
Biroq xon yonidan muhim o’rin tutuvchi mansablarni
taqsimlashda nizo chiqib, qo’zg’olon ro’y beradi.
Temurg’ozixon qo’zg’olonni bostirgach, nizo etakchilari
Buxoroga qochib ketadilar. Bir yildan keyin esa ular
Xorazmga yangi qo’shin bilan kelib Uyg’ur va Gurlanni
bosib oladilar.
Shu tarzda yana yillar davomida urushlar va tabiyki xon
almashish davri bo’lib turadi. 1770 yilda Xivada
Oqimxon xon qilib ko’tariladi. Biroq saroy ichkarisidagi
nizolar natijasida bir yildan keyin taxtdan ag’dariladi.
Ortiqg’ozixon davrida esa (1771-1771) Ko’chak inoq Ibn
Muhammad Qoraqalpoq to’ralaridan Abdulla Sultonni
Gurlanda xon qilib ko’taradi. Xivada davlat rahbari
bo’lishiga qaramay Gurlanda xon ko’targan muholiflari
bilan urushda engilgan Ortiqg’ozixon taxtdan tushirilib
Buxoroga yuboriladi. Davlat rahbari esa Gurlanda
ko’tarilgan xon Abdullaxon bo’ladi. Biroq nizolar avj
oladi. Umarolar Oqimxonni Gurlanda besh oy xon qilib
ko’taradilar. Vazir hokimlari esa inoqqa bo’ysunib
Fozilbek va Rahim otaliqni bir bo’lak yig’in bilan
chaqirib Vazirni topshiradilar. Muhammad Amin inoq esa
lashkari bilan Gurlanni qamal qiladi. Qamaldagilar noiloj
holda yarashadilar. Gurlanda besh oy xon bo’lgan
Oqimxon Xivada xon bo’ladi. Bu paytda Gurlanda
Bobobek qolgan edi. Vaisquli Devon o’zini inoq deb
e’lon qilgach Gurlanga kelib, Bobobek bilan ittifoqdosh
bo’ladi. Urushlar natijasida bir yildan keyin Oqimxon
taxtdan tushiriladi.
Taxtga 1733 yili Qoraqalpoq to’ralaridan bo’lgan
Yodgorxon chiqadi. U taxtga mingandan keyin Bobobek
Gurlandan Pitnakga qochib ketadi. Bu bilan taxt
talashishlar va o’zaro urushlar to’xtab qolmadi. Balki
yana ko’p yillar mobaynida siyosiy nizolar avj olib turdi.
1769-70 yillardagi Jahongirxon davrida vohada xonlar
o’yini bois ocharchilik bo’lib, ba’zi urug’larda, hatto
poytaxtda, Tabibiyning “Tavorix-i-xoniy” asarida
yozilishi bo’yicha it va mushuklar ham
eyilgan.Farzandlarini ochlikdan saqlab qolish uchun
qozoqlarga qo’y-molga almashgan fuqarolar ham
bo’lgan.
Buning ustiga, vabo tarqalib, aholi har tarafga ko’chib
keta boshlashgan. Munisning yozishicha, Xivada 40
uylik fuqaro qolgan bo’lib, juma namozi o’qish uchun
ko’pi bilan 3-4 kishi kelgan ekan.
Eng e’tiborlisi shundaki, 1726 yil yozida Sherg’ozixon
vafotidan so’ng qozoq podshohi Abulxayrxonning inisini
keltirib,xon qilib ko’taradilar. O’sha kuni juma bo’lib,
ertalab taxtga chiqqan hukmdor peshin nomoziga
borishda otdan yiqilib o’ladi. Ya’ni yosh xonni
o’rgatilmagan asov otga mindirib, “yiqilishi” ni maxsus
uyushtirishadi. Onning sariq ayg’ir oti oldindan ba’zi
fitnachi amaldorlar tomonidan shunga rejalashtirilgan.
Shu boisdan tarixchilar yarim kunlik hukmdorni “Sari
Ayg’ir xon” deb tarixga kiritganlar.
Umuman, Xiva xonligi taxtida o’tirgan xonlar saroy
o’yinlari, fisqu fasodlari tufayli taxtdan quvilgan,
ag’darilgan. Boshqacha aytganda, taxtga o’tirish nasib
etgan har uch xonning ikkitasi o’z ajali bilan o’lmay,
balki taxt uchun kurashlar qurboni bo’ldi, fitnachilar
tomonidan o’ldirilgan yoki janglarda halok bo’lgan.
Bunday saroy o’yinlari oqibatida esa barcha jabru jafo
xalq boshiga tushib, millat istiqboldan, vatan
taraqqiyotdan ortda qolib ketgan. Bular moziyning eng
kir, qora kunlaridir.
Dostları ilə paylaş: |