Oltinni olmagan xon
“Qarg’ishga qolmayin desang,
uyimni buzma”, deya dadil gapirdi xonga beva ayol. Bu
gapdan so’ng xon beva ayol ozor ko’rmasin, qarg’ishga
qolmayin, deb uning uyini buzdirmadi. Shu tariqa qa’la
devori aynan shu joydan o’z yo’nalishini o’zgartirib
davom etgan…
Qa’la devorini qurdirgan o’sha xon Olloqulixon edi. U
Xiva taxtiga o’tirgan hukmdorlarning qirq to’qqizinchisi
bo’lib, qo’ng’irotlar sulolasiga mansub otasi Muhammad
Rahimxonning vafotidan so’ng 1825 yilda boshiga toj,
barmog’iga saltanat uzugini taqqan. O’shanda
Olloqulixon endi o’ttiz yoshga to’lgan edi.
Bu paytlarda saroy o’yinlari tez-tez bo’lib turadigan
odatiy hol sanalgan. Shu bois Olloqulixon atrofiga
o’zidek insofu diyonatli kishilarni to’pladi. Uning xalq
o’rtasida insofli hukmdor, deya dovruq taralishiga sabab,
1831 yili Xivalik savdogar Said Niyoz Sholikorboyga
nasib etgan bir qor oltinni xonlik xazinasiga
qo’shmaganida edi. O’shanda Said Niyoz Orenburgdan
qirq qop mahsulot olib qaytib, ichidan chiqqan bir qop
oltinni nima qilarini bilmay qoldi. So’ng oxiratim
kuymasin, deya Olloqulixonning huzuriga borgandi.
—Bu oltinlar qanday yo’l bilan topilgani noma’lum. Shu
bois bir qop oltinni deb xonlik xazinasini bulg’amaylik,
—dedi xon boyga. Keyin masjid, minora solishni
maslahat berdi.
O’zi ham a’yonlarining maslahatiga ko’ra, Eron va
Buxoro bilan kechadigan nizoli voqealarga chek qo’ydi.
Hatto, urushda asirga olingan xurosonlik forsiylarga
Oqdarband qishlog’ini ajratib berib, ularga dehqonchilik
bilan shug’ullanib, harbiy xizmat qilishlari uchun sharoit
yaratib berdi. Ayni paytda Xorazmda yangi etnik ulus—
forsiylarni ko’paytirdi. Chor imperiyasi bilan to’xtab
qolgan diplomatik aloqalarni yo’lga qo’ydi. Ko’p
yillardan beri Xivada saqlanayotgan 29 nafar rus
kishisini sovg’a va in’omlar bilan ozod qilib, vataniga
jo’natdi. Eng hayratlanarlisi, Olloqulixon sharq
musulmonlariga xos nafaqat arab va fors tillarini, balki
rus tiliniyam o’rganib, yozib gapira oladigan darajaga
etgan edi. Rusiyalik savdogarlardan ruscha kitoblar sotib
olib o’qirdi. Hatto, Xorazmda, O’rta Osiyoda
birinchilardan bo’lib, zamondoshi Pushkin she’rlarini
mutoaala qilgan. Vaholanki, keyinchalik, chorizm
istilosidan so’nggi qaramlik davridayam Buxoro amirlari
va Xiva xonlari ruslar bilan tilmoch orqali muomila
qilishgan.
1830 yillarda, tag’in diniy bid’at avj olgan zamonlarda
ovro’pa tilini, mutaassiblar ta’biri bilan aytganda,
“kofircha”ni o’rganish, kitoblar o’qish ham xon uchun
jasorat edi. Shuningdek, Fedka Grushin degan rus asirini
eshik og’asi lavozimiga, Andrey Ivanovni esa Xivada
ruhoniylik qilishiga, rus asirlarining to’planib, ulug’
ro’za, pasxa, troitsa—nasroniylik diniy bayramlarini
o’tkazishiga ruxsat berdi.
Biroq, nima bo’lganida ham u Xorazm hukmdori sifatida
o’z milliy manfaatlarini o’ylar edi. Shu bois 1839 yilda
Xivaga kelgan Angliya elchisi Abbat va 1841 yili vohaga
tashrif buyurgan chor imperiyasi elchisi Nikifirovlarning
o’z davlatlari manffatini ko’zlovchi talablarini rad etdi.
Savdonigina rivojlantirish uchun o’z elchilarini ularga
qo’shib yubordi. Bulardan tashqari Olloqulixon xonlikda
ko’plab kanallar qazdirdi, suv yo’llarini tozalatdirdi.
Poytaxt Xivada ko’plab masjid, madrasa, xonaqoh barpo
etdirdi.
Olloqulixonning boshqa amaldorlarga, oltinni nafsiga
ishlatib, qo’sha-qo’sha uy, xotin ustiga xotin olayotgan
boylarga ibrat sifatida 99 hujradan iborat ikki qavatli
madrasa bunyod qildirgani ham ma’lum. O’z xalqiga
nisbatan rahm-shafqatli bo’lgan xon Ichan qa’ladan
tashqarida yashayotgan fuqarolarni himoya etish niyatida
yana bir istehkom—Dishon qa’lani barpo etdirdi.
Vaholanki, Olloqulixon paytida Xivaga hujum tahlikalari
bo’lgan emas. U xalqi, davlati manfaati himoyasini
o’ylab, shunday mudoffa inshoaatini bunyod etdirgan
edi. Mazkur qa’la devorining uzunligi 6250 metr bo’lib,
paxsa devorlar loydan olti haftalik muddat ichida
tiklangan. E’tiborni tortadigan jihati, Dishon qa’la
janubidagi devor paxsa avval ichkariga kirib, keyin
burilib, yana o’z yo’nalishida davom etgan.
Yuqorida aytganimizdek, Olloqulixon qa’la devorini
tiklayotganida, bir beva ayolning uyi yo’nalishiga to’g’ri
kelgandi.Bevaning, xalq qarg’ishidan qo’rqqan xon
devorning yo’nalishini o’zgartiradi.
Olloqulixon kasalligi tufayli, 1842 yili, o’n sakkiz yillik
hukmdorligidan so’ng vafot etgan. Undan etti o’g’il va
xonlik davrida barpo etdirgan inshoaatlar yodgor bo’lib
qoldi.
PDF's generated at: Sat Apr 23 2022 15:16:20
GMT+0000 (Coordinated Universal Time)
Source:
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/171
Dostları ilə paylaş: |