Taxtdan voz kechgan xon
U necha bor qirg’inbarotlarda
qatnashib, ajal bilan yuzma-yuz keldi va hattoki 10 yil
hijratda zindonband qilinib, u erdan ming mashaqqatlar
bilan qochdi. So’ngra atrofiga tarafdorlar to’plab,
keyingina toju taxtga erishdi. Shundan so’ng yigirma yil
davomida taxtni qo’ldan bermay, davlatni o’z imkoniyati
darajasidan kelib chiqib boshqardi. Biroq sog’lig’i
yomonlashgach, ayovsiz kurashlar bilan qo’lga kiritgan
taxtidan voz kechishga qaror qildi…
Abulg’ozi 1603 yilning 23 avgustida sohibi toj-Arab
Muhammadxon oilasida to’rtinchi farzand bo’lib
dunyoga keldi. Ammo hayoti shahzodalanikidek rohatu
farog’atda kechmadi. Dastlab, 6 yoshida onasidan etim
qoldi. 13 yoshidan boshlab, og’ainilar o’rtasidagi toju-
taxt uchun kechgan kurashlar girdobiga tushib qoldi.
O’shanda abash va Elbars ismli og’alari onalari nayman
urug’idan bo’lgani bois, urug’ oqsoqollarining gij-
gijlashiga tayanib, otasiga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar.
Shunda Arab Muhammadxon bolalarining g’alayonini
yoshlik havasi bilan hokimiyatga intilish, deb tushunib,
Vazir shahrini har ikki o’g’liga in’om qildi.
Bu in’om bilan qanoatlangan shahzodalar faqat besh
yilgina tinch yashadilar. Ular 1621 yilda yana otasiga
qarshi isyon ko’tarishdi. Bu gal Arab
Muhammadxonning boshqa ikki o’g’li Isfandiyor va
Abulg’ozi otasi tarafda turib, isyonkor habash va
Elbarslarga qarshi kurashdi. Ammo bu jangda
isyonkorlarning qo’li ustun kelib, mag’lubiyatga
uchragan Isfandiyor va Abulg’ozi har tarafga qarab
qochdi. Avval Kat, so’ngra Buxorodan panoh topgan
Abulg’ozi Imomqulixon huzurida ikki yil hayot kechirdi.
1623 yili maslakdosh inisi Isfandiyor Eron shohi Abbos
1 yordamida Xiva taxtini egallagach, ota yurtiga keldi.
Hukmdor Abulg’ozini siylab, unga Urganch hokimligini
topshirdi.
Ammo oradan 4 yil o’tib, xon va hokim orasida
kelishmovchilik kelib chiqqach, Abulg’ozi oldin
Turkiston, keyin Toshkent va Buxoroda hijratda
yashashga majbur bo’ldi. 1630 yili Isfandiyorxondan
norozi bo’lgan yovmudlar uni orazmga kelib, xonga
qarshi kurashishga chorladilar. Shu taxlit Abulg’ozi yana
eliga qaytib, Isfandiyor bilan jangga kirdi. Ana shundan
keyin og’a-inilar o’rtasidagi muzokaralardan so’ng
poytaxt azoraspda hukm surayotgan Isfandiyor
Abulg’oziga iva hokimligini berishga qaror qildi. Biroq
xon Abulg’ozining orazmda turishi o’ziga zarar
ekanligini, qachondir bo’lmasin, taxtni tortib olishi
mumkinligini o’ylab, Eronga qarashli niso shahriga
bosqinchilik qilishda ayblab, uni hibsga oldirdi. Eron
shohi Safi’ 1 ga niso bosqinchisini qo’lga olganligini
aytib, Abulg’ozini unga topshirishdi.
Shu tarzda Abulg’ozi 1630-39 yillarda Eronning Taborak
qa’lasida maxsus nazorat ostida hibsda o’tirdi. U ana shu
tutqunlik davrida qanday xato va kamchiliklarga yo’l
qo’yganligini anglab, kelajakdagi maqsad va niyatlarini
belgilab oldi. So’ngra u qariyib 10 yillik tutqunlikka
chek qo’yib, hiyla ishlatganicha qa’ladan qochdi. Ming
mashaqqatlar evaziga Orol o’zbeklari huzuriga etib kela
oldi. Orolliklar xonzoda Abulg’ozini yaxshi kutib olib,
Isfandiyor bilan muxolifligi bois, yovmudlar bilan
birlashib, xonga qarshi kurashga otlandilar va natijada
qo’zg’olonchilarning qo’li ustun kelib, Abulg’ozi 1644
yili taxtga chiqdi.
Ana shu sanadan so’ng Abulg’ozixonning 20 yillik
hukmronlik davri boshlandi. Bu vaqtda u davlat
ichkarisida islohot o’tkazish uchun bosqinchiliklarga
chek qo’yish maqadida chegarani mustahkamladi. Ayni
paytda 1646-53 yillarda Eron, Atrov va Jurjonliklar,
1655-62 yillarda xonlikka bostirib kelgan Ural kazaklari
va Buxoro amirligi bilan urushlar olib bordi.
Shu bilan birga, u Amudaryo o’zanini o’zgartirib, suv
bermay qo’yganligi bois xarobaga aylanayozgan
Urganch va Vazir shaharlarini onqaning g’arbiy
tomonidagi hozirgi Urganchga va Gurlan bekligiga
ko’chirib, yangi shaharlarga asos soldi. Endi oldingi
shaharlar-Ko’hna Urganch va Ko’hna Vazir, Abulg’ozi
barpo etdirgan shaharlar Yangi Urganch hamda Yangi
Vazir nomi bilan ataladigan bo’ldi. Abulg’ozi,
shuningdek o’zbek urug’larini-uyg’ur va nayman,
qo’ng’irot va qiyot, jaloyir hamda qiyot, mang’it va
nukus, qangli-qipchoq urug’larini birlashtirib, ular uchun
daryo bo’ylaridan er taqsimlab berdi. Shu taxlit, xonlik
ichidagi er va suv uchun bo’ladigan urug’lararo nizolar
bartaraf etildi. Ayni paytda har bir urug’ ichidan obro’li
bir kishini o’z yoniga olib, ularga yuqori lavozimlarni
topshirdi.
Ana shu tarzda ham davlatga qilinadigan
bosqinchiliklarning oldini oldi, ham xonlik ichida
nizolarga chek qo’yib, barqarorlik o’rnatdi. Bundan
unumli foydalanib, tarix va tabobatga qiziqqani bois,
tajribalarini umumlashtirib, uchta asar yozdi.
“Shajarai turk” asarida Odam Ato zamonidan o’zigacha
bo’lgan davrdagi turk va mo’g’ul urug’larini, “Shajari
Tarokima” da turkman urug’lari hayotini batafsil
tasvirlaydi. “Manofe’ ul-inson” asarida esa
Abulg’ozining tabiblik tajribasi, qo’llagan amallari keng
yoritiladi. Shuningdek, orazmda uchraydigan dorivor
giyohlar va o’simliklar, ularning foydasi, qanday
kasalliklarni davolashda ularni qay tarzda qo’llash
kerakligini Abulg’ozi tabib sifatida o’z asarida
mukammal yoritadi.
Tabiiyki, 1616 yildan 1644 yilgacha kechgan toju-taxtlar
uchun kurashlar, qolaversa , 10 yillik hibsdagi azoblar,
20 yillik davlat boshqaruvidagi asabbuzarliklar bois, u
o’z sog’lig’ini yo’qotdi. Tarixda ne bir hukmdorlar kasal,
hattoki, o’lar holatdayam taxtni topshirmagan. Abulg’ozi
esa xasta xon sifatida davlat boshqaruvini, xalqni emas,
sog’lig’ini o’ylar, shu bois o’g’li Anusha foydasiga 1664
yilda o’z ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi. Bu Xivada
hukmronlik qilgan 57 nafar xon davridagi, ehtimol,
dunyo tarixidagi ana shunday yagona hodisa edi.
Dostları ilə paylaş: |