78
−
unda har bir shahar va uni boshqaruvi bir xilda. Shaharda 6000 oila,
har bir oila 10-15 ta katta yoshdagi shaxslar majmuidan iborat. Har
bir oila ma’lum bir hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi (bir oiladan
ikkinchi oilaga o‘tish ruxsat berilgan). Shahar
yaqin joyda joylashgan
qishloqda “qishloq oilasi” (40 tagacha bo‘lgan katta yoshdagilar) tashkil
etiladiki, unda shahar aholisidan har qanday inson kamida ikki yil
yashashi lozimligi aytilgan;
−
Utopiyada hokimiyat vakillari har yili saylanadi. Asosan olimlar
bu lavozimni egallashi mumkin. Ular knyaz
tomonidan boshqariladigan
shahar senatini tashkil etadi. Knyaz (adem) shahar senati vakillari
(falarx) tomonidan taklif etilgan shaxs. Knyaz lavozimi biror-bir
jinoyatda ushlanmasa, unda u doimiy o‘z o‘rnida o‘tirishi mumkinligi
aytilgan;
−
Utopiyada xususiy mulk yo‘q, shu sababli utopiya aholisi o‘rtasida
jinoyatlar yo‘q, shu sababli mukammal va keng qonunchilikni yaratish
shart emas;
−
Utopiya aholisi
urushni vahshiylik deb biladi, ammo agar kerak
bo‘lsa urushni ham amalga oshirishlari mumkin. Urushni mavjud
bo‘lishi bu yangi hududni o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi.
Umuman Tomas Mor tomonidan yaratilgan “Utopiya” asari toza
xayoliy davlat. Bunday davlat yomonliklardan xoli, chunki hamma
qiyinchiliklar faqat xususiy mulkda deb
hisoblanilgan.
Uning asari butun Yevropani
qiziqishini uyg‘otdi, u bir necha marta qayta
nashr ettirildi.
Utopiya asariga mos yaratilgan yana bir
asar
Dostları ilə paylaş: