Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

5.4.
 
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA 
BOBURIYLAR DAVRI 
 
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin 
Muhammad Bobur (1483–1530) va uning 
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga 
tarixiy 
bitiklardan 
ma’lum
93

Xususan,
Boburning «Boburnoma» asarida, 
«Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid 
ma’lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta 
o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da 
esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari 
to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar 
ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan 
iqtisodiy islohotlarni, o‘zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalar 
chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar 
topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo‘lmish 
ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj 
to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlari bizni to‘lqinlantiradi. 
E’tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning 
davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish 
masalalariga doir alohida asari yoki uning o‘z hukmronligi davrida 
yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‘lmasa ham, 
ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha 
xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida 
iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat 
hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun 
ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan 
asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o‘laroq u 
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy-
ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan 
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi. 
Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‘rinni 
egallagan. 
93
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA”, 2007, 51–52-б. 
Zahiriddin Muhammad 
Bobur (1483-1530) 


121 
Boburning «Mubayyin» asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiy 
masalalarga bag‘ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» 
ma’nosiga ega. 
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham 
«zakot» ma’lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan 
soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida 
to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «hisobi», 
ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lish uchun belgilangan 
miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. 
«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», deb 
yozadi Bobur. Xiroj, ya’ni yer solig‘i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam 
va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, 
uchdan birga teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning 
maydoniga bog‘liq ravishda olingan. 
Yerni sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob- 
havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‘orishni 
talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikol yerlardan ko‘p 
hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo‘lgan. 
Suv solig‘i quyidagicha olingan: «agar sug‘orish davrida chig‘ir 
qursang, olgan hosilning o‘ndan birining yarmini (5%) soliq uchun 
to‘lashing kerak», ya’ni sug‘oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga 
olingan va bu mantiqan to‘g‘ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq 
va boshqa yig‘imlar tamomila islomiy shariatga to‘la rioya qilingan 
holda olingan. Nisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim, 
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo‘yilgan qismi 
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, 
ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‘ylardan soliq (zakot) 
quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‘lsa har 100 qo‘ydan bittasi zakot 
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa 
yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirilishi va 
ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi. Bobur 
savdo-sotiqning xalqlar o‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur 
tushungan. 
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda talash, 
bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga 
ayovsiz munosabatda bo‘lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug‘bek va 


122 
boshqa temuriylar siyosati bilan ma’lum. O‘sha davrda Bobur 
savdogarlardan olinadigan savdo yig‘imining ham adolatli va xolisona 
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining 
savdo aylanmasidan savdo yig‘imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 
1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga 
nisbatan kamayib borgan, ya’ni daromad ko‘payishi bilan soliq 
kamaygan va boylik jamg‘aruvchilar uchun o‘ta manfaatli bo‘lgan. 
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‘llash foydadan xoli emas. 
Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‘im esa ularning qaysi 
yurtlardan kelganligiga bog‘liq bo‘lgan. 
Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo‘lsalar, barcha 
daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. 
Musulmon 
bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan savdogarlardan 
olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon savdogar- 
laridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va 
foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar 
davomida qo‘llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga 
ijobiy ta’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining juda chuqur ilmiy 
asosga suyanganligi, uzoqni ko‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan 
dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, hamyurtlari 
bo‘lgan-bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish 
hissini uyg‘otadi. 
Ulug‘ bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‘oyalar 
va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi 
mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi qarashimizda qudratli 
ma’naviy tayanch bo‘lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy 
dunyoqarashini o‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq 
etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish 
foydadan holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi 
davrida mamlakatga vino keltirish taqiqlangan, ya’ni iqtisodiyotda 
proteksionizm siyosati qo‘llanilgan. Boburdan keyin uning o‘g‘li 
Humoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 
1556–1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. 
Akbarshoh 1574-yildan boshlab islohotlar o‘tkazdi, dehqonlarga 
yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‘irlik o‘lchovlarini joriy qildi. 
Bu shoh to‘g‘risida 1601-yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda 
mamlakatdagi soliq tartibi o‘z aksini topgan. 


123 
Boburning o‘g‘li Humoyun (1507–1556, podshoxlik yillari: 1530–
1540; 1555–1556) jamiyatni tabiiy tartib asosida qurish tarafdori 
bo‘lgan. Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” asarida 
keltirilishicha, Humoyun: “Men jamiyatdagi sun’iyliklaru betartib- 
liklardan bezor bo‘lganim uchun davlat ishini tabiiy bir asosga 
qurmoqchiman”, – deydi. 
Yer uchun to‘lanadigan soliq davlat xazinasini to‘lg‘azishning 
asosiy manbayi hisoblangan. Bobur barcha yerlarni o‘z amaldorlariga 
“jogir” sifatida bo‘lib bergan edi. Humoyun bunga o‘zgartirish kiritmadi. 
Akbarshoh esa yer solig‘i tizimini ancha takomillashtirdi. 1580-yildan 
boshlab, yer o‘lchov birligi qilib “gazi Iskandariy”, keyinroq “gazi 
ilohiy” qabul qilindi. Yerlar har yili ekiladigan, ikki yilda ekiladigan, 
uch-to‘rt yilda ekiladigan, besh yildan ortiq muddatga bir ekiladigan 
toifalarga ajratilar va shunga ko‘ra soliq hajmi belgilanar edi. Bu hajm 
uchun o‘tgan yillikda olingan hosilni o‘rtachasi me’yor qilib 
belgilangan. Davlatga ko‘pincha olingan hosilning uchdan bir qismi 
soliq sifatida topshirilar yoki o‘sha miqdordagi pul davlat xazinasiga 
to‘lanar edi. 
Bobur va Xumoyun o‘zlarining nomi va surati tushirilgan tanga pul 
zarb qildilarku, biroq pul muomalasi tizimiga boshqa o‘zgartirish 
kiritmadilar. Akbarshoh davriga kelib, tilla, kumush va misdan tanga 
pullar zarb qilindi va har birining qimmati alohida ko‘rsatilib, og‘irligi 
va tarkibidagi metall miqdori qat’iy belgilab qo‘yildi. Tangalar asosan 
dumaloq shaklda zarb qilinar edi. Akbarshoh tangalarga o‘z suratini 
tushirmadi, balki tangalarga podshohning ismi, pul birligi, zarb qilingan 
yil va Qur’ondan oyatlar o‘yib yozildi. Akbarshox davrida zarb qilingan 
pullar juda chiroyili edi. Eng yuqori qimmatga ega bo‘lgan pul birligi 
“Shahanshohi” deb yuritilardi. Bu pul ko‘proq yuqori doiralarda 
qo‘llanilgan. Pastroq tabaqalar ishlatishi uchun “ilohiy” pul birligi 
chiqarilgan bo‘lib, bir tanga pul o‘n rupiyaga teng edi. Jami yigirma olti 
hil tanga pul zarb qilingan. Kumush tangalar “rupiya” deb atalgan. Mis 
tangalar “dom” deb atalar va rupiyaning qirqdan bir qismiga, eng kichik 
mis tanga esa “jidal” deb atalib, paysaning yigirma beshdan bir qismiga 
teng edi. Akbarshohning pul birligi tizimi juda mukammal edi. Bu pullar 
Britaniyaning pul birliklarini takomillashtirish uchun ham asos bo‘lgan. 


124 
Jahongir ba’zi tangalarga o‘z suratini, ayrim tangalarga esa, nomni 
yoki rafiqasi Nurjahonning nomini o‘yib yozdirgandi. Ayrim tangalarda 
uning qo‘lida may kosasi tutib turgan surati tushirilgan edi. Pul tizimi 
ancha vaqtgacha shundayligicha o‘zgarishsiz qoldi. Avrangzeb davrida 
rupiyaning qadri ancha ko‘tarildi. Boburshoh- larning asosiy burchi 
adolatli ish olib borish edi. Podshoh asosiy qonun chiqaruvchi shaxs 
hisoblanib, sudlov hokimiyatiga ham uning qo‘lida bo‘lgan. Har juma 
kuni peshin nomozidan so‘ng, ochiq sudda ish ko‘rilar edi. Eng og‘ir va 
quyi sudlov qarorlarida hal qilib bo‘lmaydigan ishlar qozilar orqali shoh 
e’tiboriga havola qilinar edi. Podshohdan keyingi mavqeida qozikalon 
turar edi. Har bir viloyat, tuman, parganda va shaharlarda qozilar 
tayinlanar edi. Qozilar asosan mulklarni ajrim qilish va diniy ishlar 
muhokamasi bilan shug‘ullangan. Ko‘pincha ularga “muftiy” hamkorlik 
va maslahatgo‘y qilardi. Bundan tashqari, sho‘bador, favjdor, shiqdor, 
qutvol va boshqalar jinoyi ishlarni ko‘rar, devon, amali guzar, omil va 
boshqalar esa fuqarolar orasida mojarolarni hal qilardi. Qishloqdagi 
mojarolar esa qishloq oqsoqoli tomonidan hal qilingan. 
Akbarshohdan boshqa boburiyshohlar huquqiy masalalarni hal 
qilinganda, islom qoidalariga tayanib ish ko‘rardi. Akbarshoh esa 
hindlar masalasi ko‘tarilganda, ularning urf-odatlarini hisobga olardi. 
Avrangzeb davrida esa, islom qonunlariga asoslangan qonunlar to‘plami 
“Fatvon Olamgiri” yaratildi. Boburiylarning jazo choralari shafqatsiz 
edi. Jinoiy ishlar “qonga qon", “jonga jon” mezoni asosida ko‘rilardi. 
Aybdorlarga nisbatan o‘lim jazosi, tana a’zolarini kesish, kaltaklash, 
mol mulkini musodara qilish, jarima solish va boshqa jazo choralari 
tayinlanardi. 
Bobur va boburiylar ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar 
davomida qo‘llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga 
ijobiy ta’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining chuqur ilmiy 
asosga suyanganligi, uzoqni ko‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan 
dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat Boburning vorislari, hamyurtlari 
bo‘lgan bizlarda, unga nisbatan chuqur hurmat va faxrlanish hissini 
uyg‘otadi
94

94
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 169–171-b. 


125 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin