1.4.
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING
PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanning predmeti – bu shakllanish,
rivojlanish jarayoni, iqtisodiyot, fan, texnika va ijtimoiy sohada
insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarda iqtisodiy qarashlarning kurashi
va almashinuvidir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda
o‘rganiladi. Shu bilan birga, bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki, iqtisodiy
ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib chiqilayotgan
muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. O‘tgan davr
iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to‘la qondira olmaydi, qolaversa,
bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o‘rganish uchun amalga
oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal
etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo
o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida
to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi.
Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish
hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rgangach, iqtisodchi
mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot
rivojlanishining obyektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish, muqobil
xo‘jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga oshirishda
ijobiy yondashish uchun zarur bo‘lgan o‘zlarining tadqiqot mahoratlarini
oshiradilar.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti – iqtisodiy
jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va
nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ularning
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlarning
vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik
davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini,
barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani bir qator maqsadlarga tayanadi:
−
iqtisodiy nazariyasining qonuniyatlari va xususiyatlarini anglash;
−
shu fan yuzasidan bilimlarni kengaytirish;
−
turli davrlarda yashab ijod etgan iqtisodchilar va ularni qarashlari
bilan tanishish;
13
−
jahon va milliy iqtisodiyotning rivojlanishi asosida yuzaga kelgan
qonuniyatlar bo‘yicha bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini o‘rganish;
−
iqtisodiy madaniyatni oshirish.
Hozirgi paytda dunyodagi ilg‘or g‘oyalarni o‘rganish davomida hur
fikrlilikka (plyuralizmga) keng o‘rin berish, har qanday fikrni atroflicha
tahlil etish kerakligi aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli fanni tadqiq etish
usullariga turli tomondan yondashamiz.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining uslublari turli adabiyotlarda
turlicha yondashilgan holda ko‘rsatib berilmoqda. Rossiya olimlari
tomonidan yaratilgan darsliklarda u ikki usulda ko‘rsatiladi
6
. Bular:
1.
Tarixiy tahlil uslubi. Iqtisodiy konsepsiyalarning shakllanish va
rivojlanish jarayonini anglash asosida, ularning kelib chiqishini tahlil
qilishdir. Konsepsiyani tahlili asosida uning qaysi davrda vujudga
kelganini anglash uni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
2.
Turli nisbatlar uslubi. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda
iqtisodiy kategoriyalar nisbatini va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi.
Iqtisodiy konsepsiyani o‘rganish iqtisodiy fanlarning ichki xossalarini
aniqlash, ularni o‘zaro bog‘liqligi va nisbatlarini ko‘rib chiqishni
zaruriyatini tug‘diradi. Ana shunda tarixiy rivojlanishni o‘rganish qo‘l
keladi.
G.M. Gukasyan va G. Ninseva
7
quyidagi usullar “Iqtisodiy ta’limotlar
tarixi” fanini kengroq ochib berishga xizmat qiladi deb hisoblagan, ya’ni:
–
kumulyativ usul (unga ko‘ra keyinchalik vujudga kelgan iqtisodiy
qonuniyatlar ilgari yaratilgan g‘oyalarning tekislanishi oqibatida vujudga
kelgan deb hisoblanadi);
–
evolyutsion usul (tarixiy hodisa va jarayonlarga tayanilgan holatda
o‘rganishga asoslanadi);
–
tajriba, induksiya va deduksiya usullarining birga qo‘llanilishi.
6
История экономической мысли. Под ред. В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008.
С.15-16.
7
Гукасьян Г.М., Нинцева Г.В. История экономической мысли.– СПб.:Питер, 2008. 6-7 стр.
|