Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


-rasm. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi uslublari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

2-rasm. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi uslublari 
 
O‘zbekistonlik olimlar “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”ni o‘rganish 
usullari sifatida quyidagi bir qator progressiv uslublarni ajratadi: 

har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika
induksiya va deduksiya, analiz va sintez; 

o‘tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o‘rganishda abstrakt va 
konkretlikni ajratish; 

iqtisodiy nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning 
tahlili, iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni 
aniqlash. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda umumiylik, yagona va 
alohidalik uslubini tovar tahlili misolida ko‘rish mumkin: 
umumiylik 
– tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega 
ekanligi; 
yagona 
– tovar konkret foydalikka ega ekanligi; 
alohidalik 
– tovar ne’matlarning maxsus ko‘rinishi ekanligi. 
Demak, yuqoridagilarni jamlaydigan bo‘lsak, Iqtisodiy ta’limotlar 
tarixi bir qator progressiv iqtisodiy tahlil uslublarini qo‘llaydi
8

1.5.
 
IQTISODIY FIKRLAR TARIXIDA BIOGRAFIK 
VA KONTEKST ELEMENTLARI 
 
XXI asr insoniyatni hozirga qadar boshdan kechirgan davrlardan 
tubdan farq qiladigan jarayonlar zamiriga tortdi. Mazkur asr intellektual 
avlod, globallashuv, axborot-kommunikatsion texnolo- 
8
Djumanov D., Allaberganov Z., Husanov D., Mamadiyorov O., Ruziyev B. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi 
(ma’ruzalar matni). –Toshkent: 2016. 10-b. 
Ular: 
Kazual 
(tasodifiy) 
Matematik 
modellashtirish 
Funksional 
Sistemali 
Mantiqiy abstraksiya 
Induksiya 
Tarixiy 


15 
giyalar davri deb ta’kidlanmoqdaki, buning sababi biz albatta, tez 
sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan o‘ta shiddatli va murakkab 
texnikaviy islohotlar bilan birga shaxs tafakkurida kechayotgan 
o‘zgarishlarda deb aytamiz. Albatta, bunday o‘zgarishlar ko‘lami 
intellektual saviyani yanada samaraliroq sohalarga yo‘naltirishga 
undamoqda, jamiyat a’zolarini esa bunday sohalardagi o‘zgarishlarni 
tezda ilg‘ab oladigan, voqealarga befarq bo‘lmaydigan iqtisodiy 
tafakkurga ega qilib tarbiyalamoqda. 
Insonni bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish 
hamdaidrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr 
yuritishning aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi. Fiziologik jihatdan 
qaraydigan bo‘lsak, tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof- 
muhit bilan bevosita bog‘lanadi, so‘ngra voqelikdagi narsa va 
hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks 
ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur aks ettirishning adekvatligi 
(to‘g‘riligi) insonning amaliy faoliyatida, tabiatni o‘rganish va jamiyatni 
rivojlantirish holatida tekshirib boriladi, ong va aql idrok yordamida 
uzluksiz ravishda nazorat qilib turiladi. 
Albatta aytish lozimki, iqtisodiyot – odamlarning xo‘jalik yuritish 
munosabatlarini o‘rganadigan ilmiy bilim sohasi bo‘lib, uni amalga 
oshirish darajasi esa iqtisodiy tafakkurga tayanilgan holat va jarayondir. 
Iqtisodiy munosabatlarda asosiy omil bo‘lib, inson qatnashgani uchun 
ham, uning xatti-harakati tafakkur hosilasidir. 
Iqtisodiy tafakkurni o‘rganishdan asosiy maqsad bo‘lib, iqtisodiy 
tafakkurni shu jamiyatdagi taraqqiyoti, rivojlanishi va moddiy turmush 
darajasi ko‘tarilishida aniq nazariy asos yaratilishi va jamiyatning 
demokratik nuqtayi nazardan yangilanishi bilan bog‘liq. Iqtisodiy 
tafakkur iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, teran fikr yuritish, 
vaziyatga ko‘ra iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilib, to‘g‘ri 
qarorni chiqarishga asos bo‘ladi. 
Jahon iqtisodiy fani va amaliyotida “iqtisodiy tafakkur” tushun- 
chasiga nazariy yondashuvlar, iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga oid 
umumiy masalalar yoki uning ayrim jihatlarini bir qator olimlar
9
qarashlarida uchratish mumkin. 
9
Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды но экономической 
теории: Пер. с англ. / Сост. и науч. ред. Р.И. Капелюшников; Предисл. М.И. Левина. М.: ГУ- ВШЭ, 
2003. Абалкин Л.И. Рост потребления и фактор разнообразия. Новейшие исследования 


16 
L.I.Abalkin, G.N.Sokolova, L.S.Blyaxman
10
iqtisodiy tafakkurni 
aniq jamoaviy vaziyatlarda iqtisodiy ong mahsuli sifatida qarab, u uy 
xo‘jalik faoliyatini boshqarishda bevosita vaziyatni baholash va qaror 
chiqarish usullari sifatida gavdalangan nuqtayi nazar deb qaraydilar. 
Ularning ta’kidlashi bo‘yicha doimiy gavdalangan nuqtayi nazarlar, 
tahlillar, qarorlar tufayli vujudga kelgan iqtisodiy qarash empirik 
bosqichni hosil qiladi yoki kundalik hayotda boshqariladi, lekin har 
doim ham nazariy xulosalar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Shunday qilib, 
iqtisodiy ong va iqtisodiy tafakkur bir turga xos bo‘lsa ham turli darajada 
qo‘llaniladi. 
Belorus olimi G.N.Sokolova
11
iqtisodiy tafakkurni jamoaviy 
vaziyatlarda vujudga kelgan iqtisodiy ong mahsuli sifatida qaraydi. 
P.Xeyne “iqtisodiy tafakkur shakli”ga tayyor xulosalar yoki 
“tafakkur texnikasi” ko‘rinishida emas, balki iqtisodiy tafakkurni 
yo‘nalish sifatida qabul qildi. Bunday yo‘nalish individlarning o‘z 
manfaatiga ko‘ra faoliyat olib borishga intilishida aks etadi, deb bilgan. 
Iqtisodiy tafakkur mavjud vaziyatning tahlili va uni baholanishi asosida 
kishilarning o‘z foyda va daromadlari ularning muqobil tanlovi bilan 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bunday tanlov ikki yoki bir necha muqobil 
faoliyat yo‘llari sifatida ifodalanadi
12

Iqtisodiy tafakkurga berilgan bir qator ta’riflarda iqtisodiy 
kategoriya va qonunlarning ong orqali anglash jarayoni, shuningdek, 
faoliyat boshqaruvining shakli deb ta’kidlangan. Biroq, aytish lozimki, 
iqtisodiy tafakkur iqtisodiy faoliyat, kategoriya va qonunlarga hamda 
ularning qo‘llanishiga bog‘liqdir. Iqtisodiy tafakkurning “mustaqil 
manbasi” sifatida nafaqat qonun va kategoriyalar, balki subyektning 
iqtisodiy faoliyat sohasida vujudga keladigan ehtiyoj va qiziqishlari ham 
chiqadi. Xuddi shuning uchun ham bir qator mualliflar iqtisodiy 
tafakkurni obyektiv-subyektiv jarayonlarning muhim darajasi sifatida 
западных и российских эволюционистов. М.: 2004 Соколова Г.Н. Рыночные отношения в 
Беларуси: от эволюции к инновациям // Социологические исследования. 2007. № 2. 118. Улыбин 
К.А. Социалистическая собственность без иллюзий и догм. –М.: 1990 П.Хейне"Экономический 
образ мышления" –М.: Новости, 2001. 
10
Абалкин Л.И. Рост потребления и фактор разнообразия Новейшие исследования западных и 
российских эволюционистов.М., 2004 Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от 
эволюции к инновациям // Социологические исследования. 2007. № 2. 118. Бляхман 
Л.С.Перестройка экономического мышления. - М., Политиздат, 1990 
11
Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от эволюции к инновациям//Социологические 
исследования. 2007. № 2. 51-57 с. 
12
П.Хейне "Экономический образ мышления" –М.: Новости, 2001. C.34 


17 
chiqishini, unda ongli ravishda obyektiv iqtisodiy qonunlar va 
mexanizmlar o‘zaro aloqadorlikda ishlatilishini ta’kidlaydilar
13
(L.I. 
Abalkin, P. Xeyne). 
Bundan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tafakkur tushunchasini 
ta’riflashda ikki asosiy tamoyilga asoslanadi, bir tomondan, iqtisodiy 
munosabatlar amal qilishi asosida vujudga kelgan tushuncha va 
xulosalar aksi sifatida, ikkinchi tomondan, qonun, kategoriyalarning 
amaliyotda qo‘llanish jarayoni sifatida chiqadi. 
Bir qator olimlar (A.P.Sudelskiy, L.S.Blyaxman
14
va b.) iqtisodiy 
tafakkur hamma faoliyatning ichki mexanizm sifatida bog‘liqlikda 
chiqishini ta’kidlashadi. Ularning fikricha, iqtisodiyotda kishilar 
faoliyatining tarkibiy qismi sifatidagi yondashuv, iqtisodiy va 
psixologik tafakkurning integratsiyasini belgilaydi. 
Adabiyotlarda, shuningdek, “zamonaviy iqtisodiy tafakkur” degan 
ibora vaqti – vaqti bilan uchrab turibdiki, u iqtisodiy taraqqiyotni yanada 
yuqori pog‘onaga ko‘tarilishining bosh omiliga aylanib bormoqda. 
Zamonaviy iqtisodiy tafakkur tushunchasiga turli iqtisodchilar turli xil 
ta’rif berib o‘tishgan. Jumladan, iqtisodiy lug‘atda: “Zamonaviy 
iqtisodiy tafakkur – bu hozirgi zamon rivojlanish bosqichida fan va 
jamoa ishlab chiqarish jarayonidagi erishilgan yutuqlarga iqtisodiy 
qarash va tasavvurlar majmuasidan iborat”
15
deb qayd qilinadi. 
A.Yu.Arxipov esa mazkur tushunchaga: “zamonaviy iqtisodiy tafakkur 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida infratuzilmaning yangilanishi, 
davlat tasarrufidan chiqarish, ya’ni xususiylashtirish bosqichida 
individlar tafakkurida kechgan o‘zgarish” deb qaraydi. E.F.Borisov 
fikriga ko‘ra: “Iqtisodiy tafakkur ikki turga ajraladi, ular odatiy 
hayotning iqtisodiy tafakkuri va ilmiy asoslangan iqtisodiy tafakkur. 
Yangicha iqtisodiy tafakkur obyektiv borliqning nazariy asosini tashkil 
qilib, xo‘jalik yuritish faoliyatini chuqur 
13
Абалкин Л.И. Рост потребления и фактор разнообразия Новейшие исследования западных и 
российских эволюционистов. –М., 2004 Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от 
эволюции к инновациям // Социологические исследования. 2007. № 2. 118., П.Хейне 
"Экономический образ мышления" –М.: Новости, 2001. C.35 
14
Судельский А.П. Формирование у школьников экономической культуры. Ж.Педагогика. – М.: 
1987., Бляхман Л.С.Перестройка экономического мышления. – М.: Политиздат, 1990 
15
 
http://www.ekoslovar.ru/493.html
 


18 
o‘rganishga qaratilgan ilmiy asoslangan iqtisodiy qarashdir”
16
deb 
qaraladi. 
Jahon amaliyotida iqtisodiy tafakkur sohalarida anchagina 
yutuqlarga erishgan Nobel mukofoti bilan taqdirlanganlar misolida ham 
ko‘rish mumkin
17
. Ular orasida 1992-yil Nobel mukofoti sovrindori 
bo‘lgan Geri Bekker o‘zining iqtisodiy yondashuvlari bilan alohida 
ajralib turadi. 
G.Bekkerning ishlari zamonaviy iqtisodiy fan sohasida keng e’tirof 
etilgan, ayni vaqtda ularda bir qarashda bir-biriga bog‘lanmagan muqobil 
vaziyatlarning iqtisodiy tahlili umumiy tamoyil asosida bog‘langan. 
Bekker o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida xulosaga keladiki, inson 
jamoaviy va hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda, 
o‘zi anglamagan holatda ko‘p hollarda “iqtisodiy zehn”ga tayanadi
18

Yuqoridagilarni jamlagan holda, zamonaviy iqtisodiy tafakkur: 

insonlar farovonligini ta’minlaydigan taraqqiyotining zamonaviy 
darajasi; 

“o‘z manfaati yo‘lida hamkorlik” hamda ishonch; 

“iqtisodiy zehn”dir deb ayta olamiz. 
Mamlakatimizda “iqtisodiy tafakkur” tushunchasiga bir guruh 
olimlar
19
ham o‘z yondashuvlarini bayon qiladi: “Iqtisodiy hodisaning 
mohiyatini, iqtisodiy rivojlanishning qonun-qoidalarini, o‘ziga xos 
tomonlarini tushunib yashash, bu iqtisodiy nazariyalarni bilish va 
ulardan samarali foydalanish qobiliyati iqtisodiy tafakkurni vujudga 
16
Е.Ф.Борисов. Экономическая теория. Курс лекций для студентов высших учебных заведений. 
СП.: 2008,34 б. 
17
XXI asrda erishgan yutuqlar sifatida biz Djordj Akerlof, Maykl Spens, Djozef Stiglitsning “Axborotlar 
asimmetriyasi asosida bozor tahlili uchun” (2001-yil), Deniel Kaneman, Vernon Smitning “Alternativ 
bozor mexanizmi va qarorlar yechimini topish sohasidagi tadqiqoti uchun” (2002-yil), Robert Inglning 
“Geteroskedastichnost avtoregressiv sharoitida matematik model asosida iqtisodiy modelning ba’zi tahlil 
usulini ishlab chiqqanligi uchun” (2003-yil), Edvard Preskott 
“Ishbilarmon sikllar asosida 
harakatlanuvchi kuch tadqiqoti va shu kabilarning mazkur mukofot bilan taqdirlangani iqtisodiy siyosatga 
vaqt omilini ta’sirini o‘rganilgani uchun” (2004) va boshqalar iqtisodiy tafakkurning qanchalik yuksak 
cho‘qqilarini zabt etganini anglatadi. 
18
Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды но экономической 
теории: Пер. с англ. / Сост. и науч. ред. Р.И. Капелюшников; Предисл. М.И. Левина. М.: ГУ-ВШЭ, 
2003, 32 б. 
19
T.Ergashev, R.Ismatov. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. –T.: Sharq. 2001., Do‘sxodjayev T., 
Mirhamidov –M., Hasanov S. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb 
muammolari. –T.: “Moliya iqtisod” 2004, Qodirova Z.R. Yangicha iqtisodiy tafakkur va xalqaro 
munosabatlar//Xalqaro munosabatlar// 2004, №2, 84 b., D.Tojiboyeva, N.Xo‘jayev, G.Avalova. Iqtisodiy 
pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T., “Fan va texnologiya”, 2008 


19 
keltiradi”
20
. Mazkur ta’rifda iqtisodiy tafakkurning mohiyati va 
xususiyatlariga qarab, uning uchta turini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 

oddiy kuzatish va anglash tamoyillariga asoslangan iqtisodiy 
tafakkur, ya’ni empirik tafakkur ko‘rinishida chiqadi;

chuqur bilimlar va g‘oyalarga asoslangan iqtisodiy tafakkur. 
U abstrakt tafakkur sifatida chiqadi;

murakkab jarayonlar tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy tafakkur
21

U ijtimoiy tafakkur sifatida chiqadi.
Iqtisodiy tafakkur – shaxsning iqtisodiy voqelik va jarayonlarga 
munosabatini ifodalaydigan iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar va tasavvurlar 
majmuidir
22
. Ular (T.Yergashev, R.Ismatov) ushbu ta’rif orqali iqtisodiy 
tafakkurni iqtisodiy g‘oya, qarash va tasavvurda deb bilib, ularni 
yoshlikdan ta’lim orqali anglatish lozimligini uqtirishadi. 
Xuddi shunga o‘xshash fikrlar “Iqtisodiy pedagogika” o‘quv 
qo‘llanmasida ham ifodalangan: “Iqtisodiy tafakkur – bu iqtisodiy 
fikrlash, bilimning natijasidir. Iqtisodiy tafakkur chegarani his qilish, 
me’yorni bilish, hisob-kitob qilish orqali xohish, istak bilan imkoniyatni 
taqqoslab qaror qabul qilishda ifodalanadi. Iqtisodiy tafakkur 1) 
iqtisodiy bilim, qarashlar, g‘oyalar, ma’naviy yaxlitligi sifatida; 2) 
iqtisodiy qarashlar g‘oyalarning asosi; 3) odamlar tomonidan 
o‘rganilgan iqtisodiy bilimlargina emas, balki iqtisodiy munosabatlar, 
aloqalarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tafakkurning shakllanishi dastlab, 
shaxsiy tajribalar, og‘ir jismoniy mehnatni yengillashtirishga, 
cheklangan resurslardan samaraliroq foydalanishga, turmush darajasini 
ko‘tarishga bo‘lgan intilishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, keyinchalik u 
falsafiy, so‘ngra diniy qarashlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi”
23

Mazkur iqtisodiy tafakkurga berilgan ta’riflar iqtisodiy bilimlarning 
iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo‘lishi, uning natijasi deb qaralgan. 
Ta’riflardagi asosiy kamchiliklar deb quyidagilarni keltirish 
mumkin: birinchisi – ular iqtisodiy tafakkurni bilim, qarash va g‘oyalar 
20
Do‘sxodjayev T., Mirhamidov M., Hasanov S. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
dolzarb muammolari. –T.: “Moliya iqtisod”, 2004, 216 b. 
21
Do‘sxodjayev T., Mirhamidov M., Hasanov S. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
dolzarb muammolari. –T.: “Moliya iqtisod”, 2004, 216 b. 
22
Т.Ergashev, R.Ismatov. Iqtisodiy savodhonlik asoslari. –Т.: Sharq. 2001. 11 b. 
23
D.Tojiboyeva, N.Xo‘jayev, G.Avalova. Iqtisodiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Fan va 
texnologiya”, 2008, 126 б. 


20 
majmui, ularning natijasi ekanligiga ko‘p e’tibor qaratishgan. Jumladan, 
T. Do‘sxodjayev va boshqalarda berilgan ta’rifda iqtisodiy voqelik va 
jarayonlar natijasi bo‘lgan iqtisodiy qarash, g‘oya va tasavvur deb 
ta’riflangan. Bu bilan ular iqtisodiy tafakkur allaqachon shu g‘oya, 
qarash va tasavvurda shakllanib bo‘lgan natija deb qaralgan. Ikkinchi 
kamchilik – bu inson iqtisodiy jarayonlarning va munosabatlarning 
doimiy ishtirokchisi ekanligi inobatga olinmagan. Xuddi shunday fikr 
D.Tojiboyeva va boshqalar tomonidan berilgan ta’riflarda ham 
ko‘ringan. Aslida esa iqtisodiy tafakkur to‘xtamas, doimo rivojlanib, 
boyib boradigan iqtisodiy kategoriyadir. 
Mamlakatimiz olimlaridan biri X.P.Abulqosimov 
iqtisodiy 
tafakkur kishilarda shakllangan o‘z iqtisodiy salohiyatining maqsadi, 
vazifalarini bozor qonunlari talablariga muvofiq asoslash bilan bir 
qatorda ularni amalga oshirish vositalari va usullarini o‘zining hamda 
hamkorlarning manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlashga, tanlashga 
qaratilgan fikrlash tarzini ifodalaydi
24
deb ta’rif beradi. Albatta bu yerda 
iqtisodiy tafakkurda inson omilining roliga ko‘proq e’tibor berilgan. 
Ammo jamiyat nafaqat bir insonning manfaatida yotadi, balkim bir qator 
davrlarda shakllanib kelgan qonuniyatlar asosida kechadi. Ta’rifda shu 
jihatga ahamiyat berilmagan. 
Tadqiqotchilarimizda yangicha iqtisodiy tafakkur tushunchasiga 
ham ta’riflar uchrab turadi. Yangicha iqtisodiy tafakkur bir tadqiqotchi 
olim (Z.R.Qodirova) tomonidan quyidagicha ta’riflanadi: “Yangicha 
iqtisodiy tafakkur, bizning nazarimizga ko‘ra, uchta asosga ega
birinchidan, insonning bozor sharoitida muhim bo‘lgan shaxsiy 
fazilatlari. Ikkinchidan, texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi, 
xususan moddiy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari nisbati. 
Uchinchidan, davrimizga xos ijtimoiy jarayonlarning har mamlakat 
ijtimoiy madaniy xususiyatlarini o‘ziga xos nisbati va ijtimoiy 
turmushning globallashuvi bilan tavsiflanadi”
25
. Bu ta’rif ancha 
mukammal, chunki unda zamonaviy iqtisodiy tafakkurga xos uch belgi 
keltirilgan. 
Yuqoridagi ta’riflarni umumiylashtirsak, iqtisodiy tafakkur: 
24 
Аbulqosimov Х.P. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyotida inson omili va uni faollashtirish yo

llari. 
Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –Т., 2005, 37–38-betlar. 
25
Qodirova Z.Р. Yangicha iqtisodiy tafakkur va xalqaro iqtisodiy munosabatlar//Ж. Хаlqaro 
munosabatlar// 2004, №2, 84-б. 


21 

xususiy ehtiyoj va manfaatlarning to‘qnashuvi oqibatida yuzaga 
kelgan iqtisodiy bilim, qarash va g‘oyalar;

iqtisodiy kategoriya va qonunlarni ong orqali anglash jarayoni;

iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tamoyillari;

qonun, kategoriyalarning amaliyotda qo‘llanilish jarayonidir. Ilmiy
izlanishlarimiz 
natijasida 
biz 
“iqtisodiy tafakkur”
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdik. Iqtisodiy tafakkur – bu xususiy 
(jamiyat) ehtiyoj va manfaatlarining o‘zaro ta’siri jarayoni natijasida 
yuzaga kelgan iqtisodiy tushuncha, xulosa va qarorlar hamda ular asosida 
shakllangan iqtisodiy xatti-harakatlardir. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin