Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Xammurapi 
(m.o. 1792–1750-yy.) podsholik 
qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami ancha obro‘ qozongan. 
Unga nafaqat bir qator qadimgi huquq me’yorlarini qayta ishlab chiqqan, 
balki miloddan avvalgi XVIII asrga qadar Qadimgi Mesopatamiyada 
tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga solishga 
harakat qilgan. Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo‘yicha 
282 moddani o‘z ichiga olgan asosiy qism va xulosadan iborat. Unda 
xo‘jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa 
diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini 
himoya qilish, ijara, sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rilgan. 
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya 
qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda 
“kuchlilar 
kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”
. Bunda asosiy e’tibor saroy, 
ibodatxona 
mulkini 
hamda 
bobillik 
fuqarolar 
va 
davlat 
xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya 
qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlarida ularning ulushi (yerlari) 


25 
sotilishi man etiladi. 
“Sipoh yoki soliq to‘lovchiga tegishli bo‘lgan dala, 
uy, bog‘, 
deyiladi qonunda, – 
kumushga sotilishi mumkin emas”

Bundan tashqari, qonunda o‘z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib 
olingan bobillik fuqarolar o‘z vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi 
zikr etilgan. Qonunda sudxo‘rlar zo‘ravonligiga qarshi qaratilgan 
moddalar ham mavjud. Hosil kam bo‘lgan paytlarda qarzlarni to‘lash 
muddatini bir yilga cho‘zishga ruxsat berilgan (qo‘shimcha foiz 
to‘lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo‘rlar o‘z holicha, 
qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man 
etilgan. Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33% ) 
foiz me’yorini aniq belgilab bergan. 
Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda 
bo‘lgani uchun sudxo‘rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo‘l 
bilan ham) ko‘zda tutilgan. Sudxo‘rlikning keng rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik 
muhlatining uch yil bilan cheklanishidir (to‘rtinchi yili unga erkinlik 
berilishi lozim bo‘lgan). Biroq sudxo‘rlikka qarshi qonunchilikda 
izchillik bo‘lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab 
chiqarish yoki yashash vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. 
Hech qanday vositasi bo‘lmagach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib 
sudxo‘rga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 
Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga 
solishga katta e’tibor berilgan. Uning juda ko‘p turdagi shakllari ko‘rib 
chiqilgan bo‘lib, hatto yollanma mehnat uchun to‘lov miqdori ham aniq 
qilib ko‘rsatib berilgan. 
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad 
topishga qarshi kurashish bo‘lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu 
jumladan, yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning 
xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy 
jihatdan jazolangan. 
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat 
tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli 
shakllari ko‘zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayonlarga, tovar-pul 
munosabatlari rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga 
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar 


26 
Osiyodagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida 
katta rol o‘ynadi. 
Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik 
faoliyatida nisbatan erkin aholi ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, 
hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. 
Antik dunyo (G‘arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni 
olib borish bilan bog‘liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham 
anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu 
asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O‘z 
mahsulotini sotishga mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari 
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik 
qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin