Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

2.2.
 
QADIMGI SHARQDAGI IQTISODIY FIKRLAR 
 
Arablar 
ko‘p 
fanlarga 
o‘zlarining 
muhim 
ulushlarini 
qo‘shganliklari hozirda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Arab-islom 
yozuvchilarining iqtisodiy qarashlari bugungi kundagi iqtisodiyotdan 
tubdan farq qiladigan doirada yozilgan. Zamonaviy iqtisodiyotda 
iqtisodiy faoliyat inson hayotidan ajratilgan, mazkur holat yigirma 
birinchi 
asrda 
iqtisodiy 
faoliyat 
o‘ta muhim hisoblangan 
mamlakatlarning iqtisodiyotini tahlil qilishda asosga ega bo‘lishi 
mumkin. Lekin arab-islom mutafakkirlari inson faoliyatining barcha 
jihatlarini hisobga olganlar, xususan, iqtisodiy faoliyatning oqibatlarini 
chuqur o‘rganganlar. Hozirgidek alohida rasman iqtisodiy tahlil 
bo‘lmagan bo‘lsada, o‘rta asr islom olimlari iqtisodiy masalalarni 
o‘zlarining diniy qarashlarini kengroq yoritgan holda o‘rganganlar. 
Inson faoliyatining barcha jabhalari bir-biri bilan bog‘langan va 
xudoning irodasi bilan amalga oshirilgan deb hisoblanganligi sababli 
tahliliy iqtisodiyot asosini so‘zda ifodalash qiyin bo‘lgan. Iqtisodiyotni 
tushunishda dastlabki harakatlar faqat olimlar iqtisodiy faoliyat yo‘lida 
ko‘plab cheklovlar mavjud bo‘lganligi sababli emas, balki o‘zlarining 
amalda islom dunyosini o‘rganishga qaror qilganlarida edi. Arab-islom 
iqtisodiy faoliyatida asosiy g‘oya, jumladan soliqqa tortish hisoblangan. 


27 
Taxminiy 
hisoblarga 
ko‘ra, o‘ttizga yaqin arab-islom 
mutafakkirlari o‘rta asrlar davrida iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida batafsil 
asarlar yozganlar. Bu mutafakkirlarning qo‘shgan ulushlari bo‘yicha 
tadqiqotlar taxminan ellik yil oldin boshlanib, G‘arb dunyosiga nisbatan 
yangi bo‘lganligi uchun, ularning qo‘shgan ulushlarining muhim 
xarakterlari to‘g‘risida tushunchamiz taxminiy va to‘liq emas. 
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo‘lyozmada (Qadimgi Misr, 
eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o‘rtasidagi munosabatlar 
to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to‘la shakllanmagan 
bo‘lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali 
yoki oddiy aholidan bo‘lishidan qat’i nazar) kerak deyilgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin