Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Qadimgi Misr 
Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining 
quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 10—6 
mingyillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar 
terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan. 
Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va 
kushitlar bo‘lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi IV ming 
yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik 
va dehqonchilikka o‘tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning 
paydo bo‘lishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, 
to‘g‘onlar qurish zaruriyati tug‘ilgan, buning uchun esa o‘zaro 
urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada 
jamoada ijtimoiy tabaqalanish ro‘y berib, urug‘ zodagonlari ajralib 
chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda 
quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi kurash 
natijasida, shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari 
tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan III mingyillikda ikkala podsholik 
birlashib, yagona davlat barpo bo‘lgan. Misrning keyingi tarixi 4 asosiy 
davrga bo‘linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000—
2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), 
O‘rta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi 
podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), So‘nggi (Liviya-Sais va 
Yeron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332). 
«Artxashastra» ta’limoti
Qadimgi Hindiston xo‘jaligi, ijtimoiy 
tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o‘rganishning asosiy manbayi 
«Artxashastra» 
asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho 


28 
Chandraguptianing maslahatchisi 
Kautiliya 
yozgan deb taxmin qilinadi. 
Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, «artxa» so‘zi – foyda, 
moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. 
Birinchi kitobda podshoning turmush 
tarzi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, 
ikkinchisi 
turli 
davlat 
idoralarining 
rahbarlari 
faoliyatiga 
bag‘ishlangan, 
uchinchi 
va 
to‘rtinchisida 
sud 
va 
jinoyatchilarni jazolash savollari ko‘rib 
chiqilgan, so‘ngra tashqi siyosat usullari 
to‘g‘risida, maxfiy xizmat to‘g‘risida, 
harbiylar faoliyatini tashkil qilish va shu 
kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‘rtta «ilmni» bilishi 
zarurligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida 
ko‘riladi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy 
soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi 
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‘rnashtirish ishlarini 
amalga oshirishi kerak. Yangi ko‘chib kelganlarga yer soliq to‘lash 
sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand 
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun 
davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. 
«Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil topgan. 
Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‘xshaydi – undan na sut 
sog‘ib olib bo‘ladi»

«Artxashastra»da 
davlatning 
manfaatini 
ko‘zlagan holda, 
xo‘jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o‘z yerini 
ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi 
ishlaydigan xo‘jayinlarga berish tavsiya etiladi. 
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini 
ko‘rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini 
bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan 
tovar zaxirasi bo‘lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini 
ta’minlashga erishiladi. 
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda 
tutilgan. 
«Sug‘orish tizimlarini qurish, 
– deyiladi unda, – 
hosilning 


29 
manbayi hisoblanadi...» 
Sug‘orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar 
uchun og‘ir jazo, hatto o‘limga mahkum etish tavsiya etiladi. 
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini уechishga 
katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo‘jaliklari 
foydasidan, har turli soliq va boj to‘lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar 
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga 
mablag‘ ajratib kelgan. Davlat xo‘jaligi va soliq tizimi bilan bog‘liq 
bo‘lgan moliya idoralarining to‘g‘ri ishlashi uchun, 
«Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob- 
kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o‘g‘irlovchi 
amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o‘g‘irlikni aniqlash 
juda qiyin bo‘lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o‘g‘irlashning 40 xil 
usulini ko‘rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‘ra, 
osmondagi qushning yo‘lini aniqlash osonligini qayd qilib o‘tadi. 
«Suvda suzib yurgan baliq, o‘sha suvdan 
ichayaptimi, 
yo‘qmi 
bilib 
bo‘lmaganidek, 
ishga 
biriktirilgan 
amaldor 
mulkni 
o‘zlashtirayaptimi, 
yo‘qmi aniqlab bo‘lmaydi», – deyiladi 
asarda. Shu bois suiste’mol qilishning 
har xil usullarini o‘rganib olmasdan 
avval, amaldorlarni tez-tez o‘zgartirib 
turish tavsiya etiladi. 
Iqtisodiy siyosat sohasida 
«Artxashastra», 
podshoni 
ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, 
narx-navoni tartiblashga, davlat budjeti 
aktiv balansini saqlashga – 
«daromadlarni 
ko‘paytirish 
va 
xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu 
atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini
balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham 
ko‘rsatib berdi. 


30 
Guan szi 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin