Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Ko‘xna Bobil iqtisodiy fikrlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ko‘xna Bobil iqtisodiy fikrlari. 
Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan 
davlatlardan biri Bobil bo‘lgan. Unda 
xususiy 
mulkchilik 
va 
tovar-pul 
munosabatlari nisbatan tez rivojlana 
boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan 
sari ko‘proq tovar ayirboshlashga jalb 
qilingan. Ularning ba’zilari sudxo‘rlar 
to‘riga ilinib, xonavayron bo‘ldi va 
qullarga 
aylandi. 
To‘la huquqli 
bo‘lmagan (qaram) kishilar 
qatlamining ancha ko‘chayib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar 
va soliq to‘lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon 
davlatni zaiflashtirgan. 
Qadimgi Sharq fikrlarni ajratib turuvchi xususiyat bu: 

tovar-pul munosabatlarining ilk ko‘rinishlari; 

xususiy mulk paydo bo‘lishi; 

davlat tomonidan huquqiy tartibotlar, jumladan, mulkni himoya 
qilinishi; 

narxlarning shakllanishi; 

sudxo‘rlik qoralanishi; 

yillik foiz me’yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil 
etilishi. 
Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‘rlardan himoya qilish 
maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa 
shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy 
munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati 
kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo‘li bilan hal qilishga 
uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtayi nazardan Eshnun Podshohi 
qonunlari (m.o. XX asr) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr) ancha 
diqqatga sazovor. 
Eshnunn qonunlari 
matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho 
o‘rnatishdan boshlanadi: “1 gur (o‘lchov birligi, ba’zi ma’lumotlarda 
300, ba’zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4 g) 
kumushga … 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog‘ (sotilishi 
kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumotlarda – 8,4 l.) va 2 
ka kunjut yog‘i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …” va boshqalar 


24 
ko‘rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog‘, teri, tuz, mis va 
boshqalarning kumushdagi narxi o‘rnatilgan (mahsulotlar shunday 
miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo‘lsin); 
ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog‘ning arpadagi narxi ko‘rsatilgan. 
Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo‘lgan. Buning ustiga, 
ushbu ekvivalentlar o‘rtasida qat’iy muvofiqlik o‘rnatilgan. Birinchi 
navbatda arpaning kumushda ifodalangan narxining ko‘rsatilishi 
tasodifiy emas. Qat’iy narxning o‘rnatilishi qonun tuzuvchilarga 
yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz me’yorini 
tartiblash uchun to‘lov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik 
foiz me’yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani 
qayd qilib o‘tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–
VIII asr m.o.) sudxo‘rlik foiz me’yori tez-tez 100 % gacha ko‘tarilib 
turgan. Eski Bobildagi uncha ko‘p bo‘lmagan foiz me’yori davlatning 
nafaqat mamlakat xo‘jaligi hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki 
tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. 
Qadimgi Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural 
bo‘lgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishida ijobiy rol o‘ynagan. 
Qadimgi Bobilda 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin