24
ko‘rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog‘, teri, tuz, mis va
boshqalarning kumushdagi narxi o‘rnatilgan (mahsulotlar
shunday
miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo‘lsin);
ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog‘ning arpadagi narxi ko‘rsatilgan.
Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo‘lgan. Buning ustiga,
ushbu ekvivalentlar o‘rtasida qat’iy muvofiqlik o‘rnatilgan.
Birinchi
navbatda arpaning kumushda ifodalangan narxining ko‘rsatilishi
tasodifiy emas. Qat’iy narxning o‘rnatilishi qonun tuzuvchilarga
yollanma va ijara haqi darajasini,
jarima miqdorini, foiz me’yorini
tartiblash uchun to‘lov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik
foiz me’yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani
qayd qilib o‘tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–
VIII asr m.o.) sudxo‘rlik foiz me’yori tez-tez 100 % gacha ko‘tarilib
turgan. Eski Bobildagi uncha ko‘p bo‘lmagan foiz me’yori davlatning
nafaqat mamlakat xo‘jaligi hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki
tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi.
Qadimgi Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural
bo‘lgan. Demak, podsho qonunlari
tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishida ijobiy rol o‘ynagan.
Qadimgi Bobilda
Dostları ilə paylaş: