Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

1.3.
 
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING BOSHQA 
IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR BILAN CHAMBARCHAS 
BOG‘LIQLIGI 
 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar 
tarixi fani insonlarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, 
g‘oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini, 
iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‘nalishlari, ularning 
asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‘ziga xosligi bilan, 
uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir- biriga bog‘lab 
o‘rganish zarurligi, har qanday iqtisodiy xulosa, yakun universal 
bo‘lmasligi, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‘g‘ri 
tushunish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan chuqur iqtisodiy 
bilimga, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy 
fikrlash ko‘nikmalariga, iqtisodiy jarayonlarni mustaqil tahlil qilish, 
to‘g‘ri xulosa chiqarishga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot tarixi (xalq xo‘jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar 
tarixi iqtisodiyot fanining tarix va metodologik asoslarini ta’minlovchi 
asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli u iqtisodiyot fanining ajralmas 
va tarkibiy qismidir. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar 
tizimida alohida o‘rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi 
mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini 
oshirishda katta rol o‘ynaydi. 
Bugun “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani mustaqil fan sifatida, 
iqtisodiy fanlar qatoridan joy olgan. Iqtisodiyotning amaliy va ilmiy 
yutuqlarini shaklanish darajalarini birlashtirib, ularni yanada kengroq 
o‘rganishga sababchi bo‘lmoqda. 
Iqtisodiyotning zamonaviy qonuniyatlari ulug‘ iqtisodchi 
olimlarning ko‘p asrlik ishlari tufayli yuzaga kelgan. Ularni 


11 
o‘rganmasdan iqtisodiyotni anglash qiyin. Shu sababli “Iqtisodiy 
ta’limotlar tarixi” bu – zamonaviy iqtisodiyotga kirishdir. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar turkumidagi 
barcha fanlar bilan bog‘liq. Jumladan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani 
doirasidagi iqtisodiy qarashlar, tushunchalar va qonuniyatlar tarixiy 
rivojlanish xarakteriga ega bo‘lib, ularni shakllanishi iqtisodiy 
ta’limotlar tarixining asosiy obyektini tashkil etadi. “Iqtisodiyot 
nazariyasi”da, asosan, eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‘nggi 
davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani kishilik 
jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy 
qarash, g‘oya, nazariya va ta’limotlarni, ularning o‘ziga xos 
xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq 
etadi. Shu nuqtayi nazardan ushbu fan “Makroiqtisodiyot”, 
“Mikroiqtisodiyot” va “Milliy iqtisodiyot” kabi iqtisodiy fanlar bilan 
ham bog‘liq deb ko‘rsatishimiz mumkin. 
Fanlarning otasi bo‘lgan “Falsafa” iqtisodiy fanlar rivojlanishiga 
sababchi bo‘lgani kabi iqtisodiy qarash va fikrlarning rivojlanishiga ham 
turtki bo‘lgan.Iqtisodiy ta’limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham 
xos bo‘lgan falsafiy xususiyat shuki, iqtisodiy g‘oyalar doimo dialektik 
rivojlanishda bo‘lib, ularning tahliliga so‘nggi nuqta qo‘yish qiyin. 
Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan fikr va 
g‘oyalarning 
ma’nosi 
ustida 
tortishuv va bahslar hali ham 
davom etib kelmoqda. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi 
fanining boshqa fanlardan farqli 
muhim xususiyati shuki, har bir 
g‘oya, unda ta’limot uni yaratgan 
bir yoki bir guruh insonlar, 
olimlar, 
davlat 
rahbarlarining 
faoliyati 
bilan 
chambarchas 
bog‘liq holda beriladi. 


12 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin