Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari. Qadimgi
Xitoy
mutafakkirlari
ichida
Konfutsiy (m.av. 551 – 479-yy.) alohida
o‘rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning
shogirdlari yozib qoldirgan
«Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to‘plamida aks
ettirilgan
27
. Uning fikricha, mehnat ham
kishilarning,
ham
davlatning
boyligini
ko‘paytiradi. Konfutsiy «buyuk
jamoa
mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy
egalik
(quldorlar
mulki)ni
farqlaydi,
ikkinchisini ko‘proq qo‘llaydi. Bu yerda u
xususiy mulkni xo‘jalik yuritishda ustun
qo‘yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko‘rsatib,
aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa,
asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy» kishilar shug‘ullanadi,
deb qayd qilib o‘tadi.
Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra, bilimdon hukmdor – u
«xalqning otasi», «to‘g‘ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat
toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy
yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo‘lgan hurmat
qoidalari to‘g‘risida, farzandlik burchi to‘g‘risida, aka-ukalar o‘rtasidagi
do‘stlik to‘g‘risida qimmatli
fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan
shu
narsani
ko‘rish mumkinki, agar
reglamentlashtirilgan
patriarxal
munosa-
batlarda ustalik bilan xo‘jalik yuritilsa,
«xalqda hamma narsa muhayyo bo‘ladi».
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda
xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar
«Guan-szi» g‘oyalari keng tarqalgan. Bu
asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo‘lsada,
bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid
27
Razzoqov A., Tashmatov Sh., O‘rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. – T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2007. 15-б.