27
Taxminiy
hisoblarga
ko‘ra, o‘ttizga
yaqin arab-islom
mutafakkirlari o‘rta asrlar davrida iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida batafsil
asarlar yozganlar. Bu mutafakkirlarning qo‘shgan ulushlari bo‘yicha
tadqiqotlar taxminan ellik yil oldin boshlanib, G‘arb dunyosiga nisbatan
yangi bo‘lganligi uchun, ularning qo‘shgan
ulushlarining muhim
xarakterlari to‘g‘risida tushunchamiz taxminiy va to‘liq emas.
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo‘lyozmada (Qadimgi Misr,
eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o‘rtasidagi munosabatlar
to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to‘la shakllanmagan
bo‘lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori
tabaqali
yoki oddiy aholidan bo‘lishidan qat’i nazar) kerak deyilgan.
Dostları ilə paylaş: