Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Konfutsiy  (m.av. 551 – 479 y.)



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Konfutsiy 
(m.av. 551 – 479 y.)


31 
alohida boylik sifatida ko‘rilmaydi; bunday boylik deb, eng avvalo, 
moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko‘rsatilishicha, bir 
tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o‘lchovi hisoblanadi», 
ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi 
to‘g‘risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib 
turilsa, o‘sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo‘ladi, deb qayd etiladi. 
Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don 
zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir 
va tuzga bo‘lgan to‘g‘ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya’ni 
ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo‘lgan soliqni 
kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, 
xalqni mamnun» holda ko‘rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni 
davlat ixtiyoriga o‘tkazish, ulardan daromad olish yo‘lida foydalanish, 
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga molik 
iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan. 
Eramizdan avvalgi VII asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir 
Guan Szi (eramizdan avvalgi 725–645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati 
haqida 
Shumpeterning 
tasvirlashicha: 
ular 
qa‘tiyan “ilmiy” 
o‘rganishlardan ko‘ra etika asosga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi 
mulohazalari bilan cheklangan
28

Guan Szi tovar mo‘l bo‘lsa, uning vazni qanchalik yengillashsa 
uning narxi shuncha pasayishini ta’kidlagan. Tovarning yengilligi va 
og‘irligiga asoslangan holda narxlarning belgilanishi, muayyan darajasi 
tovarlar bozori tovar-pul munosabatlari tomon harakat qilinishini 
ko‘rsatadi. Shu tarzdagi Guan Szining yengil/og‘ir nazariyasi orqali 
talab va taklif qonuni tasvirlashga harakat qilingan. Guan Szi engil/og‘ir 
nazariyasidan, shuningdek, pulning miqdoriylik nazariyasida ham 
ko‘rinadi, jumladan, pul og‘ir bo‘lganida uning narxi ko‘tarilganligini 
ta’kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil bo‘lganida, uning 
narxi pasayishi aytilgan (tovarlar narxi ko‘tariladi). Bu tebranishni 
to‘xtatish uchun u pul og‘ir bo‘lganida (buning yordamida narx darajasi 
ko‘tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va pul yengil 
bo‘lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) tovarlarni 
sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx 
28
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 45-b. 


32 
darajasini barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini 
ko‘paytirish imkonini bergan.
29
Guan Szining asarlari shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy g‘oyalarning 
umumiy tuzimi bu – umuminsoniylikdir. Lekin masala siyosatga 
kelganida Guan Szida ham aks ettirilgan fikrlar institutsional tizimdan 
mustaqil bo‘lib, siyosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi. Institutsional tizim 
o‘zgarganda siyosiy oqibatlar ham o‘zgaradi. Guan Szi faol tarzda 
siyosatni o‘z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun 
bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan birgalikda 
harakatiga asoslangan
30


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin