Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

2.3.
 
ZARDUSHTIYLIK (AVESTO)DAGI 
IQTISODIY G‘OYALAR 
 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari 
(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj 
topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan 
biri – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi 
hisoblangan 
«Avesto» 
ham isbotlaydi. Olingan 
ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi 
Zardusht (m. av. 589

512-y.) 
bo‘lganligi qayd 
etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat 
ko‘rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va 
tabiatshunos olim bo‘lgan. 
Respublikamiz olimlarining tadqiqotiga 
ko‘ra, zardushtiylik dining muqaddas kitobi 
bo‘lgan “Avesto”, ya’ni “Hayot yo‘riqnomasi” 
(asli “Ovasto”)da muhim iqtisodiy fikrlar bayon 
etilgan
31
. Jumladan, sun’iy sug‘orish asosida 
dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, 
hayvonlarni asrash, ularni noo‘rin so‘ymaslik, 
ularga zug‘um qilmaslik, tuproq sharoitini 
yaxshilash masalalari yoritilgan. 
29
Bu muhokama Guan Szining W.Allyn Ricket tomonidan nashr qilingan asarlari (A Conside History of 
Chinese Economic Thought, 1998). 
30
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b. 
31
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 11-б. 


33 
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi 
uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’i 
nazar ularning ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok 
insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Unda 
xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, 
olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z 
aksini topgan. «Avesto»da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning 
atrofi okeanlar bilan o‘ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 
mamlakatning nomi ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi (masalan, 
Sug‘diyona, Marg‘iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) 
Markaziy Osiyo hududida joylashgan. 
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana 
bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush 
tarzi o‘rnini o‘troq yashash egallay boshladi, sug‘oriladigan 
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. 
Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‘lishi o‘troq 
yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‘rsata bordi. Ana shu 
o‘troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan 
ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini 
ko‘rsatib berilishida «Avesto»ning ahamiyati kattadir. 
“Avesto”da, jumladan, O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik 
viloyatlarida asosan ziroatchilik, hunarmandchilik va savdogarchilik 
bilan shug‘ullanuvchi sug‘dlar, baqtriyaliklar va xorazmliklar 
yashardilar. Ular atrofida, dashtlik va tog‘oldi hududlarda chorvador 
qabilalarning yaylov-manzilgohlari joylashgan edi. Shuningdek, 
“Avesto”da mamlakatning chorvador aholisi – “tur”lar deb atalib, ular 
yashaydigan yurt esa Turon nomi bilan tilga olinadi. 
Akademik A.Asqarov
32
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo 
sharoitida dastlabki sinfiy jamiyatning asosiy harakatlanuvchi kuchlari, 
erkin dehqon jamoalar – kashovarzlar, ozod shahar hunarmandlari – 
ozodkorlar va savdo-sotiq jamoalari – guvakorlardan tashkil topgan. 
Dastlab mulkka egalik qilish matriarxat davrida umumiy edi, so‘ng 
patriarxat davrida erkin ishlab chiqarish jamoasi a’zolariga tegishli 
xususiy mulk shakllandi. 
Mulkiy tabaqalanish kuchayib borishi tufayli, kashovarzlarning 
boyib ketgan qatlami badavlat dehqonzodalar tabaqasini tashkil etsa, 
32
Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Т.: “Университет”, 2007. 


34 
ularning yer mulkidan ajralgan kambag‘al qismi kadivarlar tabaqasiga 
aylandi. Kadivarlar dehqonzodalarga qaram korandalarga – ijarachilarga 
aylandi. Shunday tabaqalanish hunarmand va savdogarlar orasida ham 
kuzatildi. 
Chorvador jamoasi esa, badavlat chorvadorlarga, aslzoda 
harbiylarga, kambag‘al avom va xizmatkorlarga bo‘lingan. Arablar 
O‘rta Osiyoga kirib kelgunga qadar, ya’ni zardushtiylik dini 
hukmronligi davrida xususiy, jamoa, vagize (ibodatxonalarga tegishli) 
mulklar tarkib topdi. Vagize mulki islom davrida masjid va 
madrasalarning vaqf mulkiga aylandi. 
Muqaddas kitobda, shuningdek, ko‘chmanchi xalqlarning asosiy 
boyligi bo‘lgan mollar sonini saqlash qo‘llab-quvvatlanadi, ularni 
bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Uy hayvonlarini asrash, 
ko‘paytirish, ayniqsa, semirtirishga alohida urg‘u berilgan. Ana shu 
maqsadda yaxshi yaylov, kerakli qarov, xashak bilan ta’minlash eng 
yaxshi faoliyat deb baholanadi. Bu g‘oya ayniqsa, ilk zardushtiylikda 
kuchli tus olgan
33

«Avesto»da: «… yer

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin