38
davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan bo‘lsa, ikkinchisida real haqiqatga
ancha yaqin davlat tasvirlangan
37
. Platon «Davlat» asarida ideal ijtimoiy
tuzum
nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta’limotlar tarixiga katta hissa
qo‘shdi. Ideal “davlat”da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib
ko‘rsatiladi:
1.
Faylasuflar.
2.
Harbiylar.
3.
Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar.
Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya
qilishda oqsuyaklarning
(faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki ular boshqa bir toifa
– harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini tashkil
etgach, olimning fikriga ko‘ra, butun jamiyatni boshqaradi. Bunda
faylasuflar ham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar
(davlat manfaatlari yo‘lida chalg‘ib ketmaslik uchun); ularning
moddiy
ta’minotini
tenglik tamoyili
asosida davlat o‘z zimmasiga oladi. Barcha
xo‘jalik ishlari, shu jumladan,
mulkka egalik
qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi
uchinchi
toifa
hisoblangan–yer
egalari,
savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga
yuklanadi. Qullar –
erkin fuqarolar mulki va
shuning uchun «Davlat» muallifi tomonidan
ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir
loyihani tavsiya etadi va unda davlat
ta’minotida bo‘lgan, ya’ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy
ta’minoti to‘g‘risidagi oldin ilgari surilgan g‘oyalar rivojlantirilgan. Bu
yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat tuzilishining ayrim ijtimoiy-
iqtisodiy unsurlarning tavsifini boshqalardan oldin ko‘ra bilgan. Xususan,
barcha fuqarolar, Platon fikricha, ideal davlatda (qur’a bo‘yicha) uy-joy,
yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va
undan foydalanish huquqi bilan (ya’ni to‘la bo‘lmagan mulk huquqi)
berilgan bo‘lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik
bolalarining biriga
aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
37
Раззоқов А., Ташматов Ш., Ўрмонов Н. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Дарслик. – Т.:
“IQTISOD-MOLIYA”, 2007, 18-б.
Platon (m.o.427-347)
39
Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‘rt martadan ko‘p farq
qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o‘xshashlik mavjud: davlatni
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada)
oltin va kumushga ega bo‘lishlari va sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishlari
mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‘xshab, dehqonchilikni
iqtisodiyotdagi
asosiy tarmoq deb hisobladi, hunarmandchilik va
savdoni jamiyatda uncha e’tiborli bo‘lmagan mashg‘ulotlar turiga
kiritdi.
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo‘lib
bahoning asosi va darajasi to‘g‘risidagi savolni o‘rtaga tashladi. Uning
fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan
tartibga solinib turilishi
kerak, bundan tashqari, asos sifatida shunday baho olinishi kerakki, u
o‘rtacha foyda olishni ta’minlasin.
Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik
dunyodagi iqtisodiy
fikrlarning yirik namoyandalaridan biri
Dostları ilə paylaş: