Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

2.4.
 
QADIMGI GRETSIYADAGI IQTISODIY FIKRLAR 
 
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlantirildi. 
Ksenofont, Platon, Aristotel 
asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus 
tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning 
zamondoshi 
Ksenofont (m.o. 430

355) 
asarlarida yaqqol ko‘rish 
mumkin. Uning ko‘p sonli asarlari ichida 
«Daromadlar to‘g‘risida» 
va 
«Ekonomikos» 
(xo‘jalik to‘g‘risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari 
alohida ahamiyatga ega. 
Ksenofont «Daromadlar to‘g‘risida» asarida Afina davlatining 
iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‘lini tavsiya etadi: 
1)
xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‘paytirish, ularning 
Afinaga kelishini rag‘batlantirish; 
2)
kumush qazib olishni kengaytirish; 
36
A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011
, 22

23-betlar 


37 
3)
qullar savdosini tashkil etish. 
«Ekonomikos» asarida hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida 
quldorlik xo‘jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma beriladi. 
Ksenofont 
qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligining eng asosiy tarmog‘i deb 
hisoblagan. 
«Qishloq xo‘jaligi rivojlansa, 
deb yozadi u, – 
boshqa 
faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda 
uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati 
tarmoqlari halok bo‘ladi». 
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga 
birinchilardan bo‘lib mehnat 
taqsimotini 
tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U 
o‘zining 
«Kiropediya» 
asarida shunday 
yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning 
o‘zi yotoq joy, eshik, stol yasaydi, ko‘pincha 
o‘sha odamning o‘zi uy ham quradi... Albatta, 
bunda har xil hunar bilan shug‘ullanuvchi 
odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi 
mumkin emas. Aksincha, 
yirik shaharlarda har bir buyumga ko‘pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli
har bir ustaga o‘zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‘p joylarda 
o‘sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta 
erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – xotinlarning. Ba’zida 
esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – 
charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‘rtinchisi esa – ularning 
hammasini birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq to‘laydi. O‘z- 
o‘zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug‘ullansa, 
o‘shani eng yaxshi qilib bajarishga qodir». 
Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya’ni uning 
foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‘lib tushungan 
ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari, natural-xo‘jalik 
konsepsiyasi tarafdori va shunga ko‘ra sudxo‘rlikka qarshi bo‘lganiga 
qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan hamda unga xos 
bo‘lgan muomala vositasi va jamg‘arish vositasi funksiyalarini ko‘rsatib 
bergan. 
Natural-xo‘jalik konsepsiyasi grek mutafakkiri 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin