35
“Avesto” ma’lumotlariga qarab, shu davrda jamiyatdagi ijtimoiy
vaziyatni bilib olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi yemirilib, dastlabki
sinflar paydo bo‘lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va
hunarmandlardan iborat bo‘lgan. Aholi ko‘proq ko‘chmanchilik asosida
kun kechirgan. Ekstentiv, ya’ni o‘tloq maydonlarini kengaytirishga
asoslangan chorvachilik yetakchi edi.
«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga,
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
aks ettirilgan holda
shunday deyiladi:
«yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli
ishlovchilarga va na sog‘lom baquvvat bolalarga ega bo‘ladi… Yomon
ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‘l-ko‘l
bo‘lsa, muqaddas so‘zlar ham yaxshi qabul qilinadi»
. Bu yerda biz
sog‘lom avlod to‘g‘risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish
o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida
fikr yuritilganligini
ko‘ramiz
34
. Yoki boshqa manbada keltirilganidek, barkamol hayot tarzi
quyidagicha talqin etilgan. Yerdan shunday joyni topish yoki yaratish
kerakki, u joyda ko‘p ovqat pishirilsin, doim katta bo‘lak go‘sht tegsin,
otlar pishqirib tursin, ot-arava g‘ildiraklari jarangi chiqsin, qamchi doim
ko‘tarilib, ovozi chiqib tursin, ziravorlar yetarlicha g‘amlangan bo‘lsin,
xushbo‘y hidlar arimasin, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalar
ko‘p miqdorda saqlanadigan omborlar bo‘lsin
35
.
Shu
bilan birga, “Avesto”da turli tabiiy ofatlarga qarshi oziq-
ovqatlar zaxirasi barpo etish qo‘llab-quvvatlanadi. “Avesto”da, xususan,
chorvadorlar hamkori Yim to‘g‘risidagi afsonada “oltin asr”dagi mol-
ko‘lligi haqida fikr yuritiladi. Yimning xizmati ulug‘lanadi, chunki u
kuchli sovuq, qor va suv to‘fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish
uchun “varu” (qo‘rg‘on) qurdirib, unga suv o‘tkazadi, mayda va yirik
mollar, odamlar, it, qush, barcha o‘simliklar urug‘i
va yonib porlab
turgan olovni keltiradi. Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun
molxonalar quradi.
“Avesto”ning yana bir naski – Videvdot bo‘lib, nisbatan keyingi
davr voqealarini aks ettiradi. Unda asosan dehqonchilik va dehqon
34
Egamov E., Allaberganov Z. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi . Ma’ruzalar matni. –T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2010, 9 b.
35
A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 21–22-betlar.
36
mehnati ulug‘langan. Endilikda ko‘proq
ekin ekiladigan, don, o‘t,
mevali ekinlar o‘stiriladigan, suvsiz joylar sug‘oriladigan, suvi ortiqcha
yerlar esa quritiladigan joylar maqtaladi, hatto yerlardan ko‘p go‘ng
solinishi, buning uchun esa ko‘proq kichik va katta qoramollar boqish
tavsiya etiladi. Bu tavsiyalarda juda katta tabiiy mantiq borligi ko‘rinib
turibdi. Aholi qunt bilan don yetishtirishga da’vat etiladi, hatto
g‘allakorlar e’tiqodini mustahkamlovchilar, deya talqin etiladi.
“Dehqonchiliksiz mo‘l-ko‘lchilik yo‘q” degan aqida ilgari suriladi.
Zardushtiylik qashshoqlikni yo‘qotish yoki unga yo‘liqmaslik
uchun ziroatchilikni rivojlantirish, ya’ni yerlarni ochish bo‘yicha faol
siyosat olib borish kerakligini uqtiradi. Ammo,
inson yerni tashlasa,
unga qaramay qo‘ysa, unday odam o‘zgalar eshigi oldida turgan doimiy
gadoyga aylanadi, deyilgan bu kitobda
36
.
Bu noyob kitobda patriarxal urug‘ jamoasi haqida, uning tugatilishi
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli
ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayot haqida g‘oyat
muhim ma’lumotlar
beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy
boyligidir.
Dostları ilə paylaş: