Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar: 
iqtisodiy fikr, quldorlik, mulkini himoya 
qilish, ijara, sudxo‘rlik, terimchilik, ovchilik, baliq ovlash, o‘troqlik 
turmush tarzi, qishloq xo‘jaligi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar qachon va qayerda paydo bo‘la 
boshladi? 
2.
Xammurapi qonunlari qachon va qaysi davlatda yuzaga keldi, 
uning asosiy mazmunini aytib bering. 
3.
Avestoda qaysi iqtisodiy kasblar yoritilgan? 
4.
Avestoda qanday xatti-harakat yoritiladi? 
5.
Konfutsiy g‘oyalarining asosiy mazmuni nimadan iborat? 
6.
Aflotun iqtisodiy g‘oyalari nimadan iborat, u almashuvning 
qanday shaklini tavsiya etadi? 
7.
«Avesto»dagi 
iqtisodiy 
g‘oyalarda 
ijtimoiy 
mehnat 
taqsimotining qaysi jixatlariga ko‘proq e’tibor berilgan? 
8.
Ilk uyg‘onish davrida O‘rta Osiyo olimlarining iqtisodiy 
g‘oyalarining asosiy mohiyati nimadan iborat? 
9.
Ksenofont g‘oyalarining mazmuni Arastu va Platon g‘oyalaridan 
va farqi va o‘xshash tomonlari qaysi? 
10.
Qadimgi Gretsiya va Rim g‘oyalarini taqqoslab bering. 


47 
3-
 
MAVZU. FEODAL JAMIYATI VA UNING YEMIRILISHI 
DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2 soat) 
3.1.
 
FEODALIZM DAVRINING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
 
Yangi davr – milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V 
asridan G‘arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab 
chiqarish usuli bilan almashdi
41

Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto 
kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda 
quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861–1865-yillardagi 
fuqarolik urushidan keyin to‘la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, 
Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya’ni o‘lka Rossiya 
tomonidan bosib olingach, qonun yo‘li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, 
iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko‘ra Yevropaning asosiy qismida, 
jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasida etmadi, 
balki feodalizmga o‘tdi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud 
bo‘lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar, rasman ozod dehqonlarni 
eksplutatsiya qila boshladi. Yer egalari – feodallar yoki davlat 
dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul 
obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday 
qilib, feodalizm jamiyati yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar 
– dehqonlarning hamkorligiga asoslanildi. 
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor 
bo‘lgan, o‘zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo‘jalik 
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab 
chiqarish kuchlari ancha o‘sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy 
jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda 
hali ham qoloq texnika mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining 
rivoji sekin borgan. G‘arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V 
asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan burjua inqiloblari (XVII– 
XVIII asrlar), aniqrog‘i, sanoat to‘ntarilishi davrigacha yashadi. 
Ko‘pgina mamlakatlarda (masalan, O‘rta Osiyo, jumladan, 
41
Раззоқов А., Ташматов Ш., Ўрмонов Н.. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA” 2007. 27 -28 б. 


48 
O‘zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o‘z ichiga oldi (III–XX 
asrlar). 
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli 
bo‘lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko‘rsatish, tovar-pul 
munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishi belgilashga 
qaratilgan. O‘sha davrdagi iqtisodiy g‘oyalarga tovar-pul munosabatlari 
(sudxo‘rlikdan tashqari) qo‘llab-quvvatlanadi, shu bilan birga, feodal 
jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etildi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin