74
Ayirboshlash
– Qadimgi Dunyo va o‘rta asrda tadqiqotchilar
tomonidan proporsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning
xohishi tufayli bo‘ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu tamoyilni inkor
etmagan holda, noekvivalent bo‘lib
tuyulgan ayirboshlash, subyektiv
jarayon sifatida, tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Akvinat
ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda, buyum
«bir odamning foydasiga
boshqa odamning zarar ko‘rishi hisobidan kelib tushsa»
, o‘shandagina
ayirboshlash sharti buzilgan bo‘ladi.
«Odil narx»
– bu kategoriya kanonistlar ta’limotida
«qiymat»
(qimmat),
«bozor bahosi»
kategoriyalari o‘rnida ishlatilgan. U muayyan
feodal oqsuyaklar hududida o‘rnatilgan va biriktirib qo‘yilgan. Dastlabki
kanonistlar uning darajasini tovar ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat
va moddiy sarflarga bog‘lab tushuntirganlar.
Ammo Akvinat,
«odil
narx»
ga bo‘lgan sarfli yondashuv tushunchasini yetarli emas, deb
hisobladi. Uning fikricha, sotuvchi o‘z
mavqeiga qarab buyumni
«o‘z
narxidan ko‘ra qimmatroq sotishi mumkin»
.
Pul (moneta)ni Akvinat Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm
mualliflariga o‘xshash talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha,
«savdoda
... ishonchli o‘lchov birligiga»
ega bo‘lish uchun pul kishilarning xohishi
tufayli kelib chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga» ega
ekanligini tan olsada, davlat moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga»
nisbatan bir oz o‘zgartirishga haqli deb hisobladi. Bu yerda Akvinat
o‘zining ikkiyoqlamalik tamoyiliga sodiqligini yana bir bor ko‘rsatdi,
ya’ni bir tomondan, monetalarni buzish
tashqi savdoda pulning qadr-
qimmatini yo‘qotilishiga olib kelishini tan olgach, ikkinchi tomondan
esa – pulning «nominal qimmatini» davlatning o‘z xohishi bo‘yicha
o‘rnatish huquqiga ishongan.
Dostları ilə paylaş: