87
narsani qayd qilib o‘tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi
o‘ringa surib qo‘ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to‘g‘risidagi talqinida
ko‘rinadi, unda adolat o‘rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy
funksiyalaridan deb e‘tirof etiladi.
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari.
Abu Nasr
Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish,
undan
maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or
fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan
mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar
keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat
ekanligini aytib o‘tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida
tarbiyalash masalasiga
alohida e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish
yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim
rol o‘ynaydilar va aksincha
“...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz
odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular qonun o‘rnatgan
tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”.
Ko‘rinib turibdiki,
qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan.
Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarruf etish, undan unumli
foydalanish
va
mulkni
ko‘paytirishga undaydi.
Forobiyning
ta’kidlashicha,
“Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot
qilib saqlab, o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”.
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri
ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar
sinfining
shakllanib,
ularning
soni
ko‘payib,
iqtisodiyotni
rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk
va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham faollashib bormoqda.
Forobiyning taqsimotga bo‘lgan iqtisodiy qarashlari.
Taqsimot
Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‘ziga xos usulda talqin etiladi.
Uningcha, jamiyat va kishilar qo‘lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni
to‘g‘ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri
hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan,
ko‘pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib
qoladi.
88
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi.
Shu bois
maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy
mavjud bo‘lgan barcha boyliklarni to‘g‘ri hisobga olishni nazarda tutadi.
U shunday yozadi:
“Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning
egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur narsalar bo‘lgan
oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsi uylar miqdori hisobga
olinishi zarur”.
Forobiy Platonning:
“Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda
zarur ishdir”,
– degan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Biz bundan
Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to‘g‘ri hal etish jamiyat
hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini
ko‘ramiz.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari diqqatga sazovor bo‘lib,
unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati,
iqtisodiyotni olib
borish, bugunning ta‘biri bilan aytganda menejment bilan bog‘liq
muhim g‘oyalar keltiriladi. Forobiyning fozil, ya’ni ideal, bekam-u ko‘st
shahar hokimining fazilatlari haqidagi fikrlari nihoyatda qimmatlidir.
Alloma jamiyatda, xususan, iqtisodiyotda
inson omili
hal qiluvchi
ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi.
Forobiy
inson omili g‘oyasiga
asoslanib, rahbar uchun zarur bo‘lgan
12 fazilatni ta’riflab berdi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu fazilatlar
hozirda ham rahbarga qo‘yiladigan asosiy talablar bo‘lmoqda.
Rahbardagi xushaxloqlik,
bilimdonlik, adolatparvarlik, boylikka ruju
qo‘ymaslik kabi fazilatlar bugun ham nihoyatda dolzarb. Rahbar,
shuningdek, “o‘zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga
oshirishda qat’iyatli, savodli, jur’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va
xadiksirashga yo‘l qo‘ymasligi zarur”, – deb ta’kidlaydi alloma.
Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya
olmog‘i va yaxshi xulq-atvor, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Forobiy
fozil, ya’ni mukammal davlat, hokimlar to‘g‘risidagi g‘oyalari
nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa –
mulk, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan.
Uning fozil davlatdagi odamlar, yashash va hayotini saqlab qolish
uchun o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarida bir-biriga yordam berishlari kerak
deyilgan. O‘zaro yordam asosiy mezon qilib olinadi. Bu ideal davlatning
odamlarini odatdagi mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki
mehnat xalqlarning hayot, quvonch va boylik manbayi sifatida qaraladi.
Shu sababli aholining
barcha qatlamlarini
89
jamiyat uchun foydali biror hunar bilan qat’iy mashg‘ul bo‘lishga
undaydi. Mehnatga bo‘lgan bu qarash nihoyatda ahamiyatlidir, chunki
hukmron ijtimoiy guruhlar, ayniqsa, quldorlar mehnatga nafrat bilan
qaralgan.
Forobiyning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari hozirgi davrda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularda ilm-fanning dolzarb muammolari
yoritilgan. Ayniqsa, ideal davlat va uning rahbarlari fazilatlari haqidagi
g‘oyalar ham dolzarbdir. Fozil shahar rivoji uchun mehnat taqsimoti
zaruriyati yaxshi bayon etilgan. Boylikni yaratish va to‘g‘ri
taqsimlashga alohida e’tibor beriladi va shu yo‘l bilan adolatni amalga
oshirish imkoni tug‘iladi. Fozil davlatning shakli va uni boshqarilishi,
xodimlar masalasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan
56
.
Dostları ilə paylaş: