79
qarshiligiga duch kelgan, chunki bunday davlatda “monogam oila”: yani
xotin uchun hamma er, bolalar uchun ota-onalar hamma jamiyat vakillari
bo‘lishi mumkin. Kampanella fikricha, shaxsning o‘z-o‘zini sevishini
oqibati bu o‘z oilasiga ega bo‘lishidir, monogam oila esa bunga qarshidir
deb bilgan.
Kampanella qarashlari Platonning “Davlat” asari va uning
monastrlik tajribasining birlashuvi deb qarashadi. Bu asardagi yangilik
“oftob shahar”da oila tashvishi davlatning asosiy vazifasi qilib
belgilanishida, jamiyat mablag‘lari hamma uchun tengligida, hech kim
o‘z shaxsiy manfaatdorligiga ega emasligidadir. Mehnat qilish
barchaning vazifasidir. Ish vaqti kuniga 4 soatni tashkil etadi, qolgan
vaqtni odamlar ilmni o‘rganishga sarflashlari kerak, bu insonlarni aqliy
va ruhiy oziqlantiradi. Ortiqcha vaqt faqat yangi texnologiyalarning joriy
etilishi tufayli kelib chiqadi. Shaharda doim kulgi va quvonch yashnab
turadi. Oftob shaxrining hukumdori “Quyosh” deb nomlanilib, mutloq
metafizikdir deb hisoblanildi. Metafizik bu – kuch, donolik va sevgining
mutloq
ramzini
ifodalovchi
shaxsdir.
U ruhoniydir, hammani eshituvchi, dardini bilguvchidir. Barcha
shaxslarni ruhiyati birlashuvi, jamiyatda tabiiy qonundir deb aytilgan.
Faylasuflarning bergan bahosiga ko‘ra, bu olimlarning jamiyati
“xomaki ishlangan”, “qo‘pol kommunizm”dir. Ular asosan,
hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xusu-
siyatiga ega. Ammo shunisi e’tiborliki, bu kishilar har jihatdan
ta’minlangan, bilimli davlat arbobi bo‘lganlar, kommunistik jamiyat
g‘oyasi K.Marks va F.Engelslarning g‘oyasi emasligini ham eslatib
o‘tish zarur. Xayoliy sotsializm to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalar Osiyoda
Dostları ilə paylaş: