Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Savdo foydasi va sudxo‘rlik foizi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Savdo foydasi va sudxo‘rlik foizi 
kanonistlar tomonidan 
qoralangan va gunoh deb hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli 
ravishda «aybladi». Uning fikricha, agar ular bunda axloq-odob 
doirasida ish yuritgan bo‘lsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz 
muvofiq ravishda savdogar va sudxo‘r tomonidan o‘zlashtirilishi kerak. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda 
operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar, hatto xatar 
uchun to‘lanadigan haq bo‘lmog‘i kerak. 
Shunga o‘xshash g‘oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada 
(Djon Boll) ham ilgari surishdi. Angliyada Yaat Tayler (1381), 


75 
Germaniyada Tomas Myunser (1524–155) rahbarligida dehqonlar 
qo‘zg‘oloni bo‘lishiga sababchi bo‘lgan, ular krepostnoylikni, boshqa 
majburiyatlarni bekor qilishni talab etganlar
49

Rossiyada o‘rta asr iqtisodiy fikrlari
. Rossiyada iqtisodiy fikrlar 
I asr oxiri II asr boshlarida vujudga kelgan, ammo uzoq vaqt davomida 
nazariya sifatida yuzaga chiqmagan, diniy qarashlar, insonlarning 
huquqiy va ma’naviy tasavvurlari sifatida qaralar edi. IX–XI asrlarga 
kelib esa Kiyev Rusi davlatida ilk iqtisodiy fikrlar: mulk, tashqi va ichki 
savdo, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish 
qonunlari sifatida keldi. U davrning ilk qonuniy kodeksi bo‘lgan 
“Rossiya haqiqati” dastlabki iqtisodiy faoliyatlarni tartiblovchi rolini 
bajardi. Unda asosiy savollar mulkiy munosabatlar bo‘lgan: qarz tartibi
mulkiy meros, jinoyat uchun moliyaviy javobgarlik qonuniy asosda 
tasdiqlandi. 
XII asrning ikkinchi yarmida to XV asrning oxirigacha iqtisodiy 
tafakkur siyosiy karaxtlik bilan rivojlandi. Bu davrda faqat “unvon” 
ko‘rinishidagi iqtisodiy g‘oyalar bo‘lgan. Yuqori unvon egalari 
feodallar, monastr va Serkov xodimlari bo‘lib, ular yer egaligining 
mutloq sohibi nomi bilan tanildi. Yana bir unvon turi bo‘lgan knyazlar 
bo‘lib, bu unvon vakillari o‘rtadagi knyazliklar munosabatlarni 
yaxshilashga, tashqi savdo rivojlantirishga qaratilgan xatti- harakatlarni 
amalga oshirar edilar. Unvonlar qatorida yangi pog‘ona 1397 va 1467- 
yillar ta’sis etilgan Pskov Kema Nishoni bo‘lib, u yerni savdo-sotiqni, 
meros hujjati bo‘yicha merosga qoldirish, yerdan foydalanish va 
egallashni tartibga solib turardi. 
XV asr oxiridan iqtisodiy g‘oyalarda faol ko‘tarilish kuzatildi. 
Rossiyada iqtisodiy muammolar bilan qiziqadigan olimlar ko‘paydi. Shu 
davrning ijtimoiy-siyosiy hayoti quyidagi ko‘rinishga ega edi: turli 
feodal knyazlarni birlashtirish, ularni markazlashgan davlatga 
aylantirish, podsho vazifalari, hukumat faoliyati, knyajlar huquqlari va 
majburiyatlari, davlat, Serkov va turli tabaqalar o‘rtasidagi 
munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan harakatlarda ifoda etildi. XVI 
asr buyuk iqtisodiy g‘oyachisi, dvoryanlikni fikrlovchisi 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin