70
o‘sishi sababli) bahosi oshib boradi. Aksincha, shahar aholisining
kamligi natijasida uning rivojlanmay
qolishi barcha moddiy
boyliklarning yetishmasligini va qimmatchilikni keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past
bo‘lsa, har qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha
yaxshi bo‘ladi. U: “Bozor bahosi
shakllanishining bir qancha
qonuniyatlarini ta’riflab, soliqlar va har xil yig‘imlar tovar
qiymatining oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi”, – deb ko‘rsatib
berdi. Ibn Xoldun bozorning rag‘batlantiruvchi ahamiyatini bilgan:
bozor mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini
oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga majbur etadi.
Ibn Xoldun pulni xo‘jalik hayotining muhim unsuri deb
hisobladi va pul vazifasini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida
– oltin va kumush bajarishini ma‘qulladi. Uning fikricha, pul «barcha
sotib olinadigan» buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy
mazmunini aks ettiradi. U
Dostları ilə paylaş: