Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

«mehnatning qiymatini»
, ya’ni ish haqini 
tavsiflab, uning miqdori: birinchidan – 
«kishi mehnati miqdoriga»

ikkinchidan 
«boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o‘rniga», 
va 
uchinchidan 
«odamlarning unga (mehnatga) bo‘lgan ehtiyojiga» 
bog‘liq deb tasdiqladi. 
Ibn Xoldun: “Ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashkil 
etadi”, – deydi. Uning yozishicha, «jamiyatning ahvoli, uning boyligi 
va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarning boylikni o‘zlashtirishga 
bo‘lgan ishtiyoqiga bog‘liq. Agar odamlar yashash vositalari 
to‘g‘risida qayg‘urmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat 
qilmasalar unda bozorda oldi-sotdi bo‘lmaydi va odamlar oziq-ovqat 
qidirib, boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar». 


71 
3.5.
 
O‘RTA ASR G‘ARBIY YEVROPA VA 
ROSSIYADAGI IQTISODIY G‘OYALAR 
 
Rim imperiyasi
48
yemirilgandan keyin, 
G‘arbiy Yevropada juda ko‘p feodal davlatlar 
vujudga keldi. Bunday davlatlar natural xo‘jalikka 
asoslangan, undagi o‘rta asr ilk iqtisodiy g‘oyalari 
Yevropada V–XI asrlarda shakllanib, XVII–XVIII 
asrlargacha burjuazik to‘ntarilish sodir bo‘lgunga 
qadar davom etdi. Bu davrda iqtisodiy va siyosiy 
masalalar yuqori 
bo‘g‘in va dindor Serkov feodallari qo‘lida bo‘lgan. Ularda katolik 
cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Iqtisodiy qarashlarning barchasi 
huquqiy hujjat hisoblangan “Haqiqat” deb nomlanilgan feodal hujjatda 
aks etgan. Barcha ilmiy shakllantirilgan g‘oyalarda diniy cheklashlar 
mavjud bo‘lardi. Shu sababli iqtisodiy savollar bo‘yicha o‘rta asr 
mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan. 
“Salistik haqiqat (VI asr boshlari) salistik franklarning oddiy 
kodeksi (qonuni) bo‘lib, unda dehqonchilik xo‘jaligi va ijtimoiy 
notenglik tasvirlangan. Dehqonchilik xo‘jaligi frankning doimiy 
faoliyati hisoblanilib, savdo, shaharsozlik va sanoatdan xoli 
hisoblanardi. Hujjat bir tarafdan jamiyat ehtiyojlarini, ya’ni xususiy 
mulkka nisbatan jamiyat mulkini ustun qo‘ysa, ikkinchi tarafdan 
franklar o‘rtasidagi tabaqalanishni, ya’ni yerni xususiy mulkchiligini
quldorlikni, yirik feodal egalarini va yuqori hokimiyatni tan olardi. 
IX asr boshlarida esa franklar hokimiyati feodal davlatni to‘la 
shakllantirdi, dehqonchilik erkinligini yo‘qotdi, jamiyat mulki saqlanib 
qoldi, ammo u ham erkinlikni yo‘qotdi. Bu davrda yirik feodal yer 
egaligi haqida “Yirik xo‘jalik haqida” (Kaputulyariy o villax) huquqiy 
hujjat paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra birinchi o‘ringa yirik feodal yer egaligi 
chiqib, dehqonlar unga bo‘ysunishni, savdogarlar faqat qishloq 
xo‘jaligidan ortib qolgan mahsulotni sotishi lozimligi huquqiy asosda 
tasdiqlandi. 
Demak, katolik Serkov talablari asosida iqtisodiy tafakkur vujudga 
keldi. Yer egalariga o‘rta asr (VI–X asrlar) Serkov doktorinasi va 
48
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой.- СПб.: Питер, 2008, 
23 с. 


72 
Serkov Otalariga: Ulug‘ Vasiliy (VI), Ioan Zlatousta (347–407), 
Avgustin Blajeniy (353–430) yon bosdi. U davrda xristianlik tenglik 
asosida qurildi. Aytiladiki, barcha kishilar Olloh oldida tengdir, kishilar 
mehnat orqali o‘zini Olloh oldidagi burchlarini ato etadilar. Ijtimoiy 
tengsizlik qoralanardi, boylik yomonlikka olib keluvchi belgi, jamiyat 
mulki tabiiydir, xususiy mulk esa undan (tabiiylikdan) chetga 
chiqaruvchi kuchdir, tenglik bu o‘zini ruhiy boyitishdir deyilgan. 
Serkov qonunchiligi dehqonchilikni yoqlar edi, chunki u tabiiylikni 
bildiradi deyilgan, tabiat tomonidan in’om etilgan boyliklarni qayta 
ishlash albatta qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liq. Savdo esa 
tabiylikdan chetga chiqishdir, u ruhiy holatni buzadi deyilardi. Savdogar 
Serkov Otalari fikricha, Ollohga yoqmaydi, ammo ulardan ko‘ra 
hunarmandlardan sotib olingan mol yaxshidir. Xuddi shuningdek, 
Serkov qonunchiligi sudxorlikka qarshi edi. Foizlar puldan qizg‘anish 
asosida kelib chiqqan, u oddiy xalqni ezadi deb hisoblanardi va 
sudxo‘rlarga jazo berilardi. 
XI–XV asrlarda Serkov haqiqati Kanon qoidalari asosida olib 
borilgan. Kanonistlar Kanon qoidalari asosida ideal suratni tasvirlashga 
harakat qildilar, aholi unga ishonishga, bo‘ysunishga majbur edi. Bu 
davr ilohiyotchilari Serkov Otalari hamda Arastu fikrlariga tayanishdi. 
O‘rta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan kanonistlar savdo 
foydasini va sudxo‘rlik foizini qat’iy qoraladi. Ular bu jarayonni 
noto‘g‘ri ayirboshlash va birovning mehnatini o‘zlashtirish natijasi 
sifatida tasvirlashdi hamda Olloh oldida gunoh sanalishini ta’kidlashdi. 
Faqat 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin