MARG‘INONIYNING “HIDOYA” ASARIDA
IQTISODIY FIKRLAR
Buyuk vatandoshimiz –
Imom Burhoniddin Abu-Hasan Ali ibn
Abu Bakr ibn Abdujalil al-Farg‘oniy al-Marg‘inoniy
1123-yilda,
hozirgi Marg‘ilon yaqinidagi Rishton tumanida tug‘ilib, 1197-yili
Samarqandda olamdan o‘tgan va o‘sha yerda dafn etilgan. U yashagan
davr O‘rta Osiyoda Uyg‘onish davrining birinchi bosqichi bo‘lmish IX–
XII asrlarga to‘g‘ri keladi. Burhoniddin Marg‘inoniyning yozgan to‘rt
jildlik “Al-Hidoya” kitobi sunniylik oqimidagi hanafiy mazhabi
bo‘yicha 55 dan ortiq kitob, yuzlab bob, fasldan tarkib topgan bo‘lib,
islomdagi barcha mulkiy va nomulkiy huquqiy masalalarni qamrab
olgan. Hozirgi kunda ham ushbu asar Misr, Afg‘oniston, Pokiston,
Hindiston universitetlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan
51
.
«Al-Hidoya»ning birinchi kitobi to‘rt jilddan iborat bo‘lib, har birida
alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994-yildan professor
A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi
quyidagicha:
1-
jild – tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kabi farz amallarning
ibodat masalalariga bag‘ishlangan.
2-
jild – oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki
kabi masalalarni yoritgan.
3-
jild – oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari,
guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat,
da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik
bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish,
sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan
ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish,
homiyliy, bosqinchilik xususidagi masalalar
yoritilgan;
4-
jild – shafe’lik, meros taqsimlash, dehqon-
chilik va bog‘dorchilik xususida shartnoma,
51
A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 82–83-betlar.
82
qurbonlik qilish to‘g‘risida, shariatga zid yomon narsalar haqida,
tashlandiq va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish xususida, ovchilik, garovga
qo‘yish, jinoyatlar xususida, hun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalarga
bag‘ishlangan.
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko‘rinadiki, u juda boy
tarixiy tajribani o‘zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar
o‘rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo‘lishida
katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to‘g‘rilik,
halollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi
qayd qilinadi. Birovning haqiga hiyonat qilish, kishilarni aldash gunohi
kabr sifatida ta’riflanadi. Demak, «Al-Hidoya» sakkiz asrdan buyon
Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manba- lardan biri
sifatida mo‘tabar qo‘llanma vazifasini o‘tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma’naviy,
insoniy fazilatlar shakllanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo‘lgan tafakkur
taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri tasavvuf, ya’ni so‘fiylik
ta’limoti hisoblanadi. Bu ta’limotlar VIII–IX asrlarda arab dunyosida
vujudga kelib, X–XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog‘iga yetib keldi. Bu
ta’limot insoniyatni ma‘rifatga, insof va adolatga undashni,
umuminsoniy qadriyatlarni e‘zozlashni targ‘ib qiladi. Nafs, hirs, boylik
barcha yomon xislatlarga qarshi kurash tasavvufning mag‘zi hisoblanadi.
Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan iborat. So‘fiylik
ta’limoti nafs deganda, inson fe’l-atvorida uning sha’nini bulg‘aydigan
illatlarni, jumladan, johillik, manmanlik, dunyoparastlik, poraxo‘rlik,
o‘g‘rilik, ta’’magirlik, xasislik, baxillik kabilarni tushunadi. Nafsni
engish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u o‘zlikni anglashi
kerak bo‘ladi
52
.
“Hidoya” asarida zakot masalasi. Zakot (ayrim yerlarda “sadoqot”
deb nomlanadi) faqir, miskin, zakot yig‘uvchilarga, dilini islomga moyil
qilishi uchun ayrim kofirlarga, qullarni ozod qilish uchun va
qarzdorlarga, jihod qiluvchilarga, musofirlarga beriladi. Ba’zi joylarda,
ilm-u toliblarga ham berilishi mumkin, deb qayd etilgan. Agar hozirgi
ta‘biri bilan aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy himoyaga loyiq xalq ommasiga
yordam qo‘lini cho‘zish deganidir. Ya’ni zakot to‘lashga qodir kishilar
52
Djumanov D., Allaberganov Z.,Husanov D., Mamadiyorov O., Ruziiyev B. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
(ma’ruzalar matni). –Toshkent, 2016. 24–25-betlar
83
(“nisob”idan ortiqchasining bir qismini) boshqalarga ko‘mak berishi
deyarli majburiy shart qilib qo‘yiladi. Shundan bilish mumkinki,
jamiyatning tabaqalanishi, boylar va kambag‘allar bo‘lishi tan olinadi.
“Hidoya” asarining yozilish uslubi shundayki, unda hammaga
yaxshi ma’lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki
bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi.
Hozirgi davr tili bilan aytilganda, chiqarilgan asosiy qonunga berilgan
to‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi
kerakligi to‘g‘risida qiziq va aniq ma’lumotlar keltiriladi. Xususan,
daromadning qiriqdan bir hissasi hisobidan zakot to‘lanishi kerak
deyilgan.
Hosildan undirilgan soliq. Dehqonchilikda ziroatchilik eng keng
tarqalgan faoliyat turi hisoblangan, aholining katta qismi qishloq
xo‘jaligi bilan shug‘ullangan. Shu sababli aholi daromadida bu soha
yetakchi o‘rinni egallagan. Asosiy yerda sun’iy sug‘orish yo‘li bilan,
ayrim qismi lalmirkorlik asosida, ya’ni ekinlarni tabiiy qor, yomg‘ir
suvlari yordamida sug‘orilib dehqonchilik qilingan. Bundan tashqari,
suv bemalol, o‘z oqimi bilan kelmaydigan joylarda koriz-yer osti va
buloq suvlari, quduqlar va past yerlardan chig‘irlar yordamida yuqoriga
ko‘tarilib, sug‘orish olib borilgan. Ikkinchi holatdagi ishlar ancha
murakkab va qo‘shimcha xarajat sarflashni taqozo etgan. Shularni
hisobga olgan holda, yomg‘ir, qor suvi bilan sug‘oriladigan yerlardagi
hosilning o‘ngdan biri ushr shaklida soliq sifatida olinar edi. Ammo
o‘rmon, yaylov, chakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun’iy
sug‘oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi miqdorida soliq to‘lanar
edi
53
.
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy masa-
lalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo‘lish
yo‘llari, jinoyat va jazo, fuqarolik huquqlari ham ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, faqat islomga xos bo‘lgan bir qancha masalalar, xususan,
jihod, o‘lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim
ta‘qiblar, ijozatlar qayd etilgan.
Burxoniddin al-Marg‘inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo‘lish
bilan birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining
donishmandlaridan biri edi. U Qur’onni yoddan bilgan, uni izohlay
53
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 85–87-b.
84
olgan, shoir, adabiyotchi bo‘lgan. Tarixiy qo‘lyozmalarda qayd
etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi
bilgan insonlar bo‘lishgan.
«Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o‘z
ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e’tibor berilgan, unga maxsus
bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan
to‘lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag‘oyat muhimdir. Asarning
yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma’lum masalalar bilan
birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari
ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan
bo‘lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi.
Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi kerakligi haqida qiziq
ma’lumotlar keltiriladi. Odatda, daromadning qirqdan bir hissasi (2,5
foizi) hisobidan zakot to‘lanishi kerak. Chorvachilikda
40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo‘lsa,
olinmaydi. Zakot to‘lashda bir yoshdan kichik qo‘zilar hisobga
kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya’ni har otdan bir dinor
yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot to‘lanishi kerak. Ammo
eshak, xachir va boshqa ishchi hayvonlar (xo‘kiz, tuya)dan to‘lov
olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo‘lsa, ahvol o‘zgaradi va
zakot beriladi. Bir yoshga to‘lmagan echki, buzoq va bo‘taloqlar ham
umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan
boshlab ikkita, 145 tadan ortig‘idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi
kerak. Shu yerda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning
(natura) o‘rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to‘lashi ham
mumkin, deyiladi.
Yana muhim bir ko‘rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig‘uvchi eng
yaxshi (sara) molni emas, o‘rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi.
Undan tashqari, zakotni oldindan ham to‘lash mumkinligi ko‘rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o‘rtacha nisob (soliq
olinishi mumkin bo‘lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan
2,5 foiz (ya’ni 5 dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200
dirhamdan ortiq bo‘lsa, har qo‘shimcha 40 dirhamdan yana zakot
beriladi va hokazo.
85
Oltindan olinadigan zakot miqdori o‘ziga xosdir. 20 misqolgacha
zakot olinmaydi (bir misqol o‘rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim
misqol (2,5 foiz) zakot to‘lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan
2 karat, ya’ni 12 dan 1 unsiya zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga
qarab belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida
yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz) zakot olinishi
lozim. Masalan, biror yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu
usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to‘lanmaydi,
chunki toshlar zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yomg‘ir, qor suvi bilan) sug‘oriladigan yerlardagi hosilning
o‘ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o‘rmon, yaylov,
chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun’iy sug‘oriladigan yerlar
hisobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to‘lanadi.
Burhoniddin al-Marg‘inoniy o‘z asarida zakotni taqsimlash qonun-
qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir,
miskin, zakot yig‘uvchilar, qarzdorlar yig‘ilgan zakotdan foydalanish
imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.
Dostları ilə paylaş: |