Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

4.2.
 
FOROBIY ASARLARIDA EHTIYOJ, MEHNAT, 
MEHNAT TAQSIMOTI, INSON OMILINING YORITILISHI 
 
Forobiy to‘g‘risidagi iqtisodiy qarashlar respublikamiz
54
iqtisodchi 
olimlari tomonidan “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan darslik, o‘quv 
qo‘llanma va ma‘ruzalar matnlarida batafsil yoritilgan. 
O‘rta asr davrida ilg‘or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk 
mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil 
qilgan 
«ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–950) 
hisoblanadi. 
U ko‘p qirrali olim bo‘lib, o‘z bilimini oshirish yo‘lida tinmay mehnat 
54
А.Раззоқов, Ш.Ташматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA” 2007, Egamov E., Allaberganov Z. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar matni. –T.: 
“IQTISOD-MOLIYA”, 2010; Asatullayev X., Djumonov D., Allaberganov Z., Xusanov D., 
Mamadiyorov O. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni) Toshkent 2014; Djumanov D., 
Allaberganov Z.,Husanov D., Mamadiyorov O., Ruziiyev B. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar 
matni) – Toshkent 2016, Д.Джумонов, З. Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: 
“IQTISOD-MOLIYA” 2017. 


86 
qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib 
undan saboq olish uchun yo‘lga chiqqan
55

Forobiy bir asarni bir marta o‘qib tushunolmasa, uni qayta-qayta 
o‘qirdi. Aristotelning 
«Jon haqida» 
asarining Forobiy o‘qigan nusxasi 
topilgan bo‘lib, kitob chetiga uning tomonidan 
«Men bu kitobni yuz 
marta o‘qidim»
, boshqa bir kitobda esa 
«Bu kitobni qirq marta o‘qidim, 
lekin yana o‘qishim kerak»
, deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini 
o‘qib o‘rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma 
Ibn Sino Aristotelning 
«Metafizika» 
asarini Forobiy yozgan sharhlar 
yordami bilangina to‘liq tushunganligi haqida yozgan. 
Forobiy bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 
moddiy 
ehtiyojlar 
to‘g‘risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning 
ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. 
«Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi 
uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‘zi topa olmaydi va 
ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‘ladiki, uning har biri 
u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam 
boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‘ladi». Jamiyat 
shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha 
o‘sha davrdagi ilg‘or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy 
boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil 
hunar turlarini uqtirib o‘tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi. 
Forobiy Platonga o‘xshab 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin