109
−
Erondan
musavvirlar,
xattotlar,
sozandalar,
muarrixlar,
me’morlar, qurilish ishlari bo‘yicha hunarmandlar bilan birga olimlar
va din arboblari;
−
Kichik O‘siyodan qurolsozlar, to‘pchi muhandislar, kumushga
ishlov beruvchi ustalar, g‘ish teruvchilar, arqon eshuvchi ustalar;
−
Suriyadan pillakashlar, tikuvchilar, to‘quvchilar, sangtaroshlar,
duradgorlar,
chodir tikuvchilar, kamon-yoy yasovchi ustalar, qurol-
sozlar, qalpoq yasovchilar, mol tabiblari, naqqoshlar, qirg‘iydorlar,
shisha idishlar va chinni ishlab chiqarish bo‘yicha muhandislar;
−
Turkiyadan zargarlar,
movut ishlab chiqaruvchilar, sangta-
roshlar, o‘q-yoy ustalari;
−
Halabdan mashhur paxta yigiruvchilar;
−
Hindistondan eng malakali g‘ish teruvchi me’morlar,
quruvchilar, metall bo‘yicha ustalar, sangtaroshlar hamda zargarlar;
−
Tabriz va Xorazmdan imoratsozlar va naqqoshlar olib kelindi.
Aksariyati qulga aylantirildi
76
. Ularning kasb sirlaridan mahalliy aholi
ham
bahramand
bo‘lib, yangi kasb-hunarlar rivoj topib,
hunarmandchilik mahsulotlarining turi ko‘paya boshladi.
Ibn Arabshohning ta’kidlashicha, “Temur har qanday hunar va
kasb bo‘lmasin, agar unda biron fazilat va shafoat bo‘lsa, shu kasb
egalariga g‘oyatda mehr qo‘ygan edi. U tabiatan masxaraboz va
shoirlarni yo‘qtirmas, munajjim-u tabiblarni (o‘ziga) yaqin tutib, ular
gaplariga e’tibor qilar va so‘zlarini tinglardi
77
.
Amir Temur bu bilan ikki maqsadni: bir tomondan, o‘z
poytaxtini bezatish uchun Osiyoning eng yaxshi ustalarini to‘plashni,
ikkinchi tomondan, vohalar va shaharlarni kengaytirib, Movarounnahr
aholisini ko‘paytirishni ko‘zlagan edi. Ushbu davrda hunarmandchilik
faoliyatini
olib borish, uning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish, aholining
mehnatga layoqatli, lekin ishsiz yurgan qismiga
76
Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi (ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur) I kitob. – T.: Mehnat. 2018. 49-
bet. 245-bet. // Vambery A. History of Bokhara from the earliest period down to the present. London.
Henry S. King & Co. * 6 5 Corniiill & 12 Paternoster Row. 1873. 193-213 p..// Hilda Hukhem. Yetti
iqlim sultoni. – T.: Adolat. 1999. 170-bet.// // Рене Груссэ. Империя степей. Аттила, Чингиз-хан,
Тамерлан. Перевод X. Хамраева. — Алматы, 2006. 592 с. – 461, – 478, - 480, - 494 стр.//
https://soglom.uz/nigoh/sohibqiron-davrida-hunarmandchilik.
77
Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi (ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur) II kitob. O
‘
zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi. –T.: Fan. 2018. 144-b.
110
turli kasb-hunarlarni o‘rgatish, kerak bo‘lsa o‘z faoliyatini boshlash
uchun davlat xazinasidan sarmoya ajratish va boshqa qulay shart-
sharoitlar yaratish yo‘lida odilona siyosat olib borgan (4-rasm).
Shubhаsiz hunаrmаndchilikning yuksаlishi ko‘p
jihаtdаn ichki
vа tаshqi sаvdоning rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Buyuk
Sohibqironning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, ul zot bundan olti
asr avvaloq davlatlararo o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish,
uzoq va yaqin xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini
mustahkamlash o‘z saltanati yorqin istiqbolini ta’minlashning muhim
omili ekanini teran anglagan. Shu sababli u Yevropa va Osiyoni
bog‘lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir
tomondan – Xitoy, Hindiston, bir tomondan –
Fransiya, Ispaniya,
Angliya va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan va shu
munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Binobarin, “Temur
tuzuklari”da quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: “
Har bir mamlakatu
diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular Xo‘tan,
Chinu Mochin (Xitoy), Hindiston, arab mamlakatlari, Misr, Shom,
Rum, Jazoir, Farangistongami, qaerga borishmasin, u yerlarning
nafis matolari va munosib tuhfalaridan keltirsinlar. O‘sha
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilarning hol-ahvoli, turish-
turmushi haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat
hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda
ekanligini aniqlasinlar”
78
. “Va yana buyurdimki, yo‘l ustiga
kuzatuvchilar,
zobitlar
tayinlasinlarki,
yo‘llarni
qo‘riqlab,
yo‘lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa
narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo‘ysinlar.
78
Xalqaro Аmir Temur jamgʼarmasi. Temur tuzuklari. – T.: “Oʼzbekiston”, 2011.100-b.