Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


-rasm. A. Temurning hunarmandchilikni rivojlantirish



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

4-rasm. A. Temurning hunarmandchilikni rivojlantirish 
borasidagi islohotlari 


112 
Yo‘l ustida birortasining narsasi yo‘qolsa, o‘zi o‘ldirilsa yoki 
boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning zimmasida 
bo‘lsin”
79
. “Amr qildimki, sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga 
o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli 
miqdorda oltin berilsin

80

Samarqanddan chet ellarga, xususan, Rusiya, Tatariston va Sibirga 
asosan arzon narxli ipdan to‘qilgan matolar, duxobalar, shoyi 
gazlamalar, paxta va kalavalar, qog‘oz, quruq meva va guruch 
jo‘natilgan. Bu haqida Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z 
kundaligida ta’kidlab o‘tgan
81

Sohibqiron qudratli saltanat shakllangach, o‘sha davrning deyarli 
barcha taniqli davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol iqtisodiy- 
siyosiy aloqalar o‘rnatgan. Turli davlatlarga o‘z elchilarini yuborgan
shuningdek, uning huzuriga yo‘llangan chet ellar elchilarini qabul 
qilgan. Jumladan, Misrga 1393-yilning oktabrida Sulton az-Zohir 
Barquq huzuriga dono ulamolardan shayx Sovaiy boshchiligidagi 
maxsus elchilarni, keyinchalik Sulton an-Nosir Farajning elchilari bilan 
birga uning huzuriga Abdulla Keshiyni jo‘natgan
82
. Sohibqiron 1389- 
yili Mo‘g‘ulistonni uzil-kesil o‘z tasarrufiga kiritgach, Xitoy bilan 
aloqalarni tiklagan, ungacha Min sulolasining ta‘qiqlari sabab aloqalar 
uzilgan edi. O‘sha davr Xitoy manbalaridan biri “Min shi lu” da 1389– 
1398-yillar oralig‘ida Xitoyga Amir Temur nomidan to‘qqiz marta elchi 
kelganligi qayd etilgan. Xitoydan o‘z navbatida, 1395-yili Fu An 
boshchiligida Samarqandga – Amir Temur huzuriga elchilar yuborilgan: 
u Xitoydan qaytgan Amir Temur elchilari bilan yo‘lga chiqqan edi. Xitoy 
solnomalarida 1403–1449-yillar davomida Xitoyga Samarqanddan 
o‘ttiz uch marta va Hirotdan o‘n to‘rt marta elchilar jo‘natilganligi qayd 
etilgan
83
. Kastiliya va Lion qiroli Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, 
Angliya qiroli Genrix IV va boshqa mamlakatlar hukmdorlari 
saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, 
angliyalik, xitoylik va boshqa bir 
79 
O

sha asar. 138-b. 
80 
O

sha asar. 95-b. 
81
Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Аmir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar). 
– T.: “O

zbekiston”, 2010. 200-b. 
82
Saidqosimov S., Ahmedov A., Ahmedov B. va boshqa. Amir Temu jahon tarixida. – T.: Sharq, 2001. 
115;118-b. 
83 
O

sha asar. 121-b. 


113 
qator – jami yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar elchilarini o‘z saltanatida 
qabul qilgani va o‘zaro savdo munosabatlari yo‘lga qo‘yilganligi haqida 
atroflicha bayon etilgan ko‘plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol 
tasdiqlaydi
84

Aytish joizki, Erondagi Sultoniya shahrining arxiepiskopi Jan 
(Ioann; ayrim nashrlarda Ioann de Galonifontibus deb ham aytiladi). 
Sohibqironning elchisi bo‘lgan, uning “Amir Temur va uning saroyi 
haqida xotiralar” (Memoires sur Tamerlan et sa cour) asarining 
“Temurbeyning saltanati va shaharlaridagi tartib-qoidalar xususida” deb 
nomlangan bobida, savdo munosabatlari borasida quyidagilarni e‘tirof 
etadi:” U o‘z fuqarolariga bir qancha soliq va to‘lovlar joriy etgan bo‘lsa-
da, ajnabiy tujjorlarga katta e’tibor ko‘rsatadi va ularni, ayniqsa, 
faranglar va nasoralarni rag‘batlantiradi, saltanati hududida ularning 
xavfsizliklarini ta’minlaydi. U ko‘p maskanlarda olinadigan jon va tuz 
soliqlarini bekor qildi va bu soliqlar faqat yirik shaharlarda olinsin, deb 
farmon berdi. U saltanatining barcha hududlarida tujjorlar hayotiga xavf 
soladiganlarga shafqatsiz jazo tayinladi: tujjorlarni talagan o‘lka ahli 
unga (tujjorga) talangan mol qimmatini ikki barobar qilib qaytaradi 
yoxud saltanat xazinasiga tujjor yo‘qotgan mol-mulk qimmatining besh 
barobari miqdorida jarima to‘laydi”
85

Yuqorida qayd etilgan fikrlar bilan birga boshqa ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlar haqida ma’lumotlar “Temur 
tuzuklari”da to‘la bayon etilgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin