115
Toshkent, Shohruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib,
bir xil vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Mis
pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi
zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt
Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida “fulusi adliya”, ya’ni
adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar
mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida
keng muomalaga kirib,
davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‘la ta’minlay boshladi. Ichki
chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqis-likni fulusning vazni va
qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va
favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti
mamlakatda hunarmandchilik buyumiarining ichki chakana savdosi
uchun keng yo‘l ochib berdi. Ulug‘bek
tashqi savdodan keladigan
daromadni oshirish maqsadida “tamg‘a” – savdo bojini birmuncha
ko‘paytirgan
89
. Bu usul davlat xazinasini boyitishga xizmat qilgan.
Аmmo xorijlik savdogarlarga har doim ham qulaylik tugʼdirmagan,
zamonaviy tilda aytganda, proteksionizm siyosati qoʼllanilgan. Hozir
hammamizga yaxshi tanish ruscha “tamojnya” kalimasi esa aslida turkiy
boʼlgan “tamg‘a boji” so‘zlaridan olingan. Bu o‘sha paytlar
mamlakatimizda savdo-sotiq ishlari bag‘oyat
rivojlanganidan dalolat
beradi
90
. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor
qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan.
Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir,
charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va
sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
Soliq
sohasida iloji boricha me’yorni saqlab, uni yig‘ishning ma’lum adolatli
usullarini qo‘llanganlar. Masalan, g‘alla g‘aram qilinmasdan avval soliq
to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina
real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon
hosili pishishiga qarab bo‘lingan.
Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrni boshqarishda, ayniqsa, tashqi
siyosatda padari buzrukvorining xohish-irodasini bekami ko‘st bajo
keltirgan. Tashqi va ichki siyosatga daxldor har qanday masalaga u
bilan
maslahatlashib yechim topgan. Tabiiyki, Xitoy temuriylar bilan
89
O
‘
zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Т.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2004. 368-b.
90
Razzoqov A., O
‘
rmonov N. O
‘
rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g
‘
oyalari. Darslik. – T.: Мoliya,
2009. 69-b.
116
savdo qilishdan manfaatdor bo‘lgan. Bu mamlakatga Movarounnahr
va Xurosondan yilqi olib borilgan. Ular o‘rtasidagi savdo va elchilik
aloqalari har qachongidan avj olgan. Har ikki-uch yilda Samarqand-u
Hirotga
xitoylik, Xonbaliqqa (Pekinga) esa movarounnahrligu
xurosonlik elchilar va savdogarlar qatnab turishgan. 1418-yili
Shohruxning Аrdasher boshliq elchilari Xitoyda bo‘lishgan. Bunga
javoban kelasi yili Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga
elchi sifatida kelishgan. Ular Shohrux va Ulug‘bekka o‘zaro do‘stlik
rishtalarini mustahkamlashga doir takliflar bitilgan maktublarni va
katta sovg‘a-salomlarni topshirishgan. 1420-yili Shohrux va Ulug‘bek
tomonidan 530 kishidan iborat elchilik karvoni Xitoyga jo‘natilgan.
Movarounnahrdan Xitoyga ikkita karvon yoʼlidan borilgan.
Birinchisi Toshkent, Sayram, Yettisuv, Sharqiy Turkistonning Turfon
va Qumul shaharlari orqali, ikkinchisi Farg‘ona vodiysidagi Xo‘jand,
Qo‘qon, Margʼilon, Аndijon, O‘sh shaharlari, Oloy vodiysi va Sharqiy
Turkistonning Koshg‘ar, Xo‘tan va Yorkend shaharlari orqali o‘tgan.
Bu yo‘llarning xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shohrux va
Ulug‘bek zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo‘shnichilik
munosabatlari o‘rnatilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, XV–XVI-asrlarga
iqtisodiy-siyosiy jihatdan barqarorlashgan o‘ziga xos davr sifatida
qaraladi. Аmir Temur va temuriylar zamonida ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlikni oshirish yo‘lidagi olib borilgan islohotlar davlat siyosati
darajasidagi ustuvor vazifalardan biri qilib belgilangan. Bu tarixiy
manbalarda ham yaqqol ifodasini aksini topgan.
Yuqorida qayd
etilgan ma’lumotlardan mulohaza qilish mumkinki, ushbu islohotlar
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, barqaror ravishda
rivojlanishda davom etmoqda. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda
o‘ziga xos milliy iqtisodiy tafakkurimizni yana ham rivoj topishida
poydevor vazifasini o‘tamoqda.