134
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy
rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot
va davlat siyosati sifatida
Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri,
mashhur
«Siyosiy iqtisod traktati» (1615)
asarining muallifi
Antuan
Monkreten (1576–1621) hisoblanadi
. U davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvini – jamg‘armani ko‘paytirishning, mamlakat xo‘jaligini
mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi.
A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidirdi, o‘z takliflarini
qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish,
hunarmandchilik
maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini
yaxshilash, o‘z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol
huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini
kengaytirish bilan Fransiya bozoridan
xorijiy savdogarlarni siqib
chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat
boyligini so‘rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi
Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi, u nisbatan
monetarizm g‘oyasini,
shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks
ettiradi.
Fransiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili
Dostları ilə paylaş: