126
6-
MAVZU. MERKANTILIZM IQTISODIY
TA’LIMOTINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
(2 soat)
6.1.
MERKANTILIZM TUSHUNCHASI UNING
MOHIYATI VA MAZMUNI
Yevropada 1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy
faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi. Feodalizm, o‘ziga
xos iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, xususiy mulk xususiyatlari bilan savdo,
shahar tashqarisidagi yer mulki va mamlakatlarning
mustaqil davlat
bo‘lib yuksalishiga uchun yo‘l ochib bermoqda edi. Bu davrga kelib
feodal jamiyatning an’ana va urf-odatlari hamda cherkov ma’muriyati
kishilar faoliyatini din bilan cheklamas edi. Bozor uchun ishlab
chiqariladigan tovarlar tobora muhim
ahamiyat kasb eta boshladi,
bozorlarda joy, mehnat, kapital sotila boshladi. Bu holat sanoat
inqilobining kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
Bu davrda iqtisodiy mulohazalar individual, ro‘zg‘or, oila va ishlab
chiqaruvchilar haqidagi g‘oyalardan yiroqlashib,
iqtisodiy qonun va
huquqlar o‘zaro bog‘langan tizim shaklidagi murakkabroq g‘oyalar
ko‘rinishida rivojlana boshladi.
127
Merkantilizm atamasi 1500 va 1750-yillar oralig‘ida yaratilgan
iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi.
Merkantilistlar adabiyoti G‘arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan
iqtisodiyotlarida bo‘lsa ham, uning asosiy g‘oyalari ingliz va fransuzlar
tomonidan ishlab chiqilgan.
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‘rta asr cherkov ruhoniylari
tomonidan yozilgan bo‘lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar
tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar
iqtisodiy siyosatdagi
masalalarga qaratilgan bo‘lib, odatda, savdogar tadbirkorlarni
qiziqtirgan muammolarga bog‘liq bo‘lgan. Shu sababli ularning
xulosalari haqqoniyligiga va alohida
munozaralarning tahliliy
ahamiyatiga ega. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil
muammolaridan xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo‘lsada,
merkantilistik davr davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor
jihatidan yuksalishga erishdi. 1650-yildan 1750-yilgacha bo‘lgan
davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi, va
ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada tarqalib
1776-yilda Adam Smit muallifligidagi “Xalqlar
boyligining tabiati va
sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot” asariga asos bo‘lib xizmat qildi
95
.
Dostları ilə paylaş: