Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

6.4.
 
MERKANTILIZMNING ZAMONAVIY TAHLILLARI 
 
Merkantilizmga nisbatan bildirilgan munosabatni qayd etib 
o‘tishimiz kerak. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning 
101
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017, 
81-б. 


138 
namoyandalari ilgari surgan g‘oyalari asosida emas, balki ularning 
manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy 
tilda “manfaat qidiruvchilar” deb atalgan. Ular foyda ko‘rish maqsadida 
davlatni ishga solib o‘zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman 
olganda ular davlatni monopollik imtiyoziga sazovor bo‘lgan savdogar 
deb bilib, bu bilan monopol-savdogarlik asosida tovarlarga balandroq 
narx o‘rnatish imkoniyatini olishgan. 
Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‘rganib, 1660– 
1776-yillar oralig‘ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran ham sifat jihatdan 
mukammallashganini aniqladilar. Bu ehtimol merkantilistlarning eng 
katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab 
уetganligidadir. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‘rnini sabab va natija 
tahlillarining 
egallashi 
natijasida 
savdo 
o‘rnini 
egallagani 
merkantilistlarning yutug‘idir. 
Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy 
bo‘lmasligi, balki shu orqali talab va taklif qonunlari kabi asosiy bozor 
iqtisodiy haqiqatlari yuzaga chiqaradi deb tushungan. Masalan, 
muvozanat narxidan past narx davlat tarafidan defitsitni keltirib 
chiqarishini yaxshi tushinishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy 
faoliyatni rag‘batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini 
tez-tez qo‘llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa 
ularning egoistik harakatlarini o‘zgartira olmaydi deb hisoblaganlar. 
Siyosatchilar insonning bu hususiyatini qanday bo‘lsa shundayligicha 
qabul qilib, bu xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar 
qiladigan qonun va institutlar sifatida shakllantirdilar. 
Keyingi merkantilistlar o‘zlaridan oldingi g‘oyadoshlari yo‘l 
qo‘ygan xato va kamchiliklarini anglab yetganligini ko‘ramiz. Ular, 
masalan, pul boylik o‘lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning 
o‘zida ijobiy savdo balansiga ega bo‘lishi mumkin emasligini, uzoq vaqt 
mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin 
emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo‘lishi mumkinligini 
va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi 
mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini 
kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa 
ko‘pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‘oyalari boshlanayotgan edi. 


139 
A.Smit merkantilistlar tushuna olmagan tushunchalarni anglab 
yetdi va boylikning asosiy manbayi bu mehnat ekanligini anglab yetdi. 
Merkantilistlar fikricha, shaxsiy manfaat va xalq farovonligi o‘rtasida 
qarama-qarshilik mavjud deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning 
fikricha, davlat shaxsiy manfaatni xalq farovonligi tomon yo‘naltirishi 
kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg‘unlik borligiga 
ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib 
chiqadi deb hisoblashgan. Hatto laissez-faire g‘oyasini qo‘llagan keyingi 
merkantilistlar ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun bozor mexanizmi 
haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lishmagan. Shunday bo‘lsada, A. 
Smit o‘z tahlilini rivojlantirishda keyingi merkantilistlar adabiyotlaridan 
keng foydalangan
102


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin