Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2-kitobi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023


partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2-kitobi: 
Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi deb nomlanib 1628-yilda 
tayyor bo‘lgan, biroq bu kitob uning vafotidan so‘ng o‘g‘li tomonidan 
1664-yili chop etilgan. 
Man o‘z kitobida Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini 
ta’kidlagan. U qimmatbaho metallar aksiyasiga ega davlat boyligini o‘z 
nazariyasiga ko‘ra rad etardi. Uning fikricha, hukumat muqobil balans, 
arzon xomashyo import qilishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarilgan 
tovarlar importini nazorat qilishga erishish uchun davlat xorijiy savdoni 
boshqarishi lozim edi. 
1755-yilda Manning mashhur kitobi so‘ngi bor nashr etildi. U barcha 
xalqaro savdoning maqbul balansiga erishish mumkinligiga e’tibor 
qaratgan, Hindistonga keladigan qimmatbaho metallar eksportidan 
Angliya katta daromad olishi va savdoni kengaytirgan holda barcha 
xalqaro savdosi balansiga ham ta’sirini aytib o‘tadi. 
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik 
Jon Lo 
(1671–1729.) 
hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog‘oz- 
pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi. 


137 
U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo‘lsada, faqat ikkita asar yozgan. 
Birinchisi 
“Pul va savdo” 
1705-yilda chop etilgan, ikkinchisi 
“Regentstvo davri moliya tarixi” 
uning o‘limidan sal oldin yozib 
tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi 
turdagi aksionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital 
to‘plash, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida aksiyalarni tarqatish 
bo‘yicha uning konseptual qarashlari va amaliy faoliyati, ularning ancha 
rivojlangan davlatlarning xo‘jalik tajribasida keng qo‘llanilishidan 150 
yil ilgari kelib chiqqan. 
J.Loning asosiy iqtisodiy g‘oyalarini quyidagicha tavsiflash 
mumkin: 
1)
milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, banknotalarni 
chiqarish yo‘li bilan mamlakatda pulning mo‘l-ko‘lligini ta’minlashga 
harakat qildi; 
2)
kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo‘lishini, 
hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning 
yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi; 
3)
tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha 
ko‘payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi
4)
davlat qo‘shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi 
muomaladagi pul miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan, ishlab chiqarish 
miqdoriga ancha katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risida gapirib 
o‘tdi; 
5)
aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo‘li bilan kapital 
markazlashuvi va birlashuvi g‘oyasiga ta’sir ko‘rsatdi
101

Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm konsepsiyasi eng 
avvalo, proteksionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday 
qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu 
jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin