Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

6.5.
 
MERKANTILIZMNING TARIXIY AHAMIYATI 
 
Merkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, 
ham negativ unsurlar nuqtayi nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida 
o‘chmas iz qoldirdi. Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli 
butunlay muomala sohasidagi xo‘jalik hayotining amaliyotiga 
qaratilgan. 
Shunday 
bo‘lsada, bu ularga ko‘plab iqtisodiy 
kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda 
operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab 
berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo‘lgan 
ularning ta’siri doimo aynan bir xil bo‘lgan emas. 
Masalan, mamlakatning o‘z sanoati va savdosini rivojlantirishi 
uchun pul muhim vosita ekanligini to‘g‘ri tushuntirib bergach, 
merkantilistlar shunday bo‘lsada, milliy iqtisodiyotga xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular 
uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy 
ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi 
yoki «yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan. 
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining 
va Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Fransiyada 
uning o‘rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o‘ziga xos xususiyatlarini 
keltirib chiqardi. Xususan, Fransiyada XVII asrda 
102
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 66-b. 


140 
moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol proteksionizm siyosatini olib 
borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog‘i yaratildi. 
Ammo bir vaqtning o‘zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man 
etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‘li bilan fermer 
xo‘jaliklarining shakllanishiga to‘sqinlik qilindi. O‘sha davrdagi 
Fransiya ichki bozorining uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan 
«torligi» oqibatda aynan shu vaziyatga bog‘lab tushuntirildi. Natijada, 
fransuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi, klassik siyosiy 
iqtisod doirasidagi o‘ziga xos fransuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti 
deb yuritildi. 
Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, 
Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo‘ldi. XVII asrdagi savdo va 
sanoat sohasidagi bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy 
yutuqlari, odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas 
Man nomi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan 
Angliyada merkantilizm bilan bo‘lgan g‘oyaviy kurash natijasida eng 
muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, 
T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o‘z aksini topdi. Bundan 
tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida 
eng muhim antimerkantilstik chora-tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi 
savdoda to‘la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin