Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

7.4.
 
FIZIOKRATLAR 
 
Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar deb atalgan 
bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta’sirlangan. Ular iqtisodiyot 
sohalarining bir biriga bog‘liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat 
qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan
109

Fiziokratlar 
(lat. – tabiat, hukmronlik) – bu 
XVIII 
asrdagi fransuz 
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi 
Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi
110

Bu tasodifiy hol emas edi. O‘sha davrda Fransiyada manufaktura ancha 
rivojlangan bo‘lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. 
Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi 
shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilash 
tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq 
xo‘jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. 
Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va 
savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‘ra 
fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib 
o‘tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos 
yaratdilar. 
1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin 
ularning ta’limoti uzoqqa cho‘zilmadi. Fiziokratizm iqtisodiyotni 
tushunishda bir necha tahliliy tushunchalarni kiritgan va keyinchalik 
klassik iqtisodiy maktab vakillari uchun zarur bo‘lgan g‘oyalarning 
shakllanishida ahamiyatli rol o‘ynadi. Fiziokratlar o‘zlarini fiziokratman 
deb tan olmagan. Lekin iqtisodchi olimlar fiziokratlarni qishloq xo‘jaligi 
bo‘yicha o‘xshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida 
tavsiflaydilar. Fiziokratlar ayrim muammolar bo‘yicha hayratlanarli 
tarzda izchil qarashlarni namoyon etganlar. Bularni quyidagi uch holat 
bilan tasvirlash mumkin. (1) Fiziokratizm faqatgina 
109 
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017, 
96–108-б. 
110 
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2007. 91-б. 


153 
Fransua Kene (1694–1774) 
Fransiyada yuzaga kelgan. (2) Fiziokratlar g‘oyalari nisbatan qisqa, 
1750-yildan 1780-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. (3) 
Fiziokratlarning tanilgan boshlig‘i, Fransua Kene (1694–1774) edi va 
uning g‘oyalari izdoshlari tomonidan so‘zsiz qabul qilinar edi
111


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin