Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

kambag‘al bo‘lsa qirol kambag‘al bo‘ladi», 
deb hukumatni 
ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki 
savdogar va hunarmandlar qishloq xo‘jaligida yaratilgan boylikni faqat 
bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o‘zgartirish bilan 
shug‘ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat 
«unumsiz» 
hisoblanadi. U yerdagi tovarning o‘sgan qiymati faqatgina 
savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o‘z ichiga oladi, sof 
mahsulot esa bunda ko‘paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning 
sanoatning 
«unumsizligi» 
to‘g‘risidagi g‘oyasiga qarshi chiqadi va 
sanoatda ham boylik yaratilishini ko‘rsatib beradi. 
F.Kene merkantilistlarning “boylik savdoda yaratiladi” degan 
tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning 
ayirboshlanishi ekvivalentli bo‘ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar 
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‘sishi 
sodir bo‘lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo‘q boylik hisoblagan, unga 
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, 


155 
davlatning boyishi pul kapitalining o‘sishga emas, balki qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Sinflar nazariyasi. 
F.Kene o‘zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga 
asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko‘rsatadi: 
unumli sinf, 
unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi
. Unumli sinf bu – qishloq xo‘jaligida ish 
bilan band bo‘lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular sof 
mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf bular hunarmandlar, ishchilar, 
savdogarlar, xizmatkorlar, to‘ralar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa 
sohada ish bilan band bo‘lgan kishilar. Ular faqat o‘zlarini 
ta’minlaydilar, o‘z iste’moliga qancha mahsulot kerak bo‘lsa, 
shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali; ammo 
o‘zining ham, jamiyatning ham boyligini ko‘paytirmaydi, shu ma’noda 
unumsizdir. Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham 
kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o‘z paytida 
yerlarni o‘zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar 
tomonidan olinadigan daromad bu – ularning oldin qilgan xarajatlari 
uchun in’om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo‘linishi noto‘g‘ri. 
A.Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashini kinoyali ravishda shunday 
deydi: “Agar ularning mantig‘iga amal qilsak, unda faqat ikki farzand 
ko‘radigan har qanday nikohni unumsiz deb tan olish kerak bo‘ladi”. 
Kapital nazariyasi. Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to‘g‘risidagi 
birinchi chuqur nazariy tushunchani 
F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar 
kapitalni pul bilan bir narsa deb hisoblagan bo‘lsalar, F.Kene fikriga 
ko‘ra, pul unumsiz boylik bo‘lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi. Uning 
atamasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi qurollari, qurilishlari, mollari, 
hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish sikllarida 
foydalaniladigan barcha narsalar 
«dastlabki avanslar» 
deyiladi (Hozirgi 
zamon atamasi bo‘yicha – asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish siklida 
ishlatiladigan urug‘lik, yem-xashak, ishchilarning mehnat haqi va 
boshqalarni u 
«har yilgi avanslar»
ga kiritdi (Hozirgi zamon atamasi 
bo‘yicha – aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat kapitalni 
ishlab chiqarishdagi mavqeiga ko‘ra asosiy va aylanma kapitallarga 
bo‘lishdangina iborat emas. Bundan tashqari, u 
aylanma kapital bilan 
birga asosiy kapital ham harakatda bo‘lishini 
ishonarli tarzda isbotlab 
berdi. 


156 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin