169
Boshqacha aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli
mehnatdir. Ammo bu masala bo‘yicha A.Smitda izchillik bo‘lmagan.
Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o‘zgartirish bilan
bog‘liq bo‘lgan mehnat unumli mehnat deb hisoblangan. O‘qituvchilar,
huquqshunoslar, harbiylar, ma\muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning
mehnati esa unumsiz hisoblanilgan.
Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda
qishloq xo‘jaligi sohasining ustunligi g‘oyasidan qutula olmagan. U,
hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan
kam unumli bo‘ladi, deb aytadi. Negaki yer egalariga tabiat «yordam»
beradi va «dehqonchilikka qo‘yilgan kapital haqiqiy boylikka va
daromadga ancha ko‘p qiymat qo‘shadi». Bunda A.Smitning
ta’kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari
bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari bahosi
esa o‘sish moyilligiga ega. Shuning uchun, uning fikricha, qishloq
xo‘jaligiga qo‘yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
“Bir kishi ko‘plab ishlab chiqaruvchilarni
yollasa boyligi oshib
boraveradi agar u ko‘plab xizmatkorlarni boqsa kambag‘alligi ortib
boraveradi.”
122
Kapital samarali ishchi kuchini qo‘llab-quvvatlash
uchun talab qilinadi, shuningdek, katta kapital to‘plash uchun jami ishchi
kuchining katta qismini samarali mehnatga jalb etish kerak bo‘ladi.
“Kapitalistlar isrofgarchilik va noto‘g‘ri xatti-harakatlarni kamaytirib,
tejamkorlik orqali rivojlanishadi”
123
.
Agar o‘sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana
boshlaganini va hatto birinchi yuqori
unumli fabrikalarning paydo
bo‘lganligini hisobga oladigan bo‘lsak, A.Smitning bu xatosini
tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat konsepsiyasida
izchillikning yo‘qligi, ishlab chiqarish jarayonidagi kapital mavqeini
yetarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid’atlari
jamiyat o‘z resurslarini, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligiga, ikkinchi
navbatda, sanoatga va faqat,
uchinchi navbatda, savdoga yo‘naltirishi
kerakligini tasdiqlashida o‘z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat
to‘ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab
chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko‘ra olmagan, degan xulosa
kelib chiqadi.
122
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander. p. 314.
123
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander. p. 321.
170
A.Smit boylikni ko‘paytirishda pulning o‘rniga alohida urg‘u berib
o‘tadi. Uning tasdiqlashicha,
qimmatli metallarning, pulning maxsus
ahamiyati to‘g‘risidagi merkantilistlarning fikri noto‘g‘ri. Agar pulni
jamg‘arish asosiy maqsad bo‘lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu
esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo‘lgan
mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi.
Pul jamiyat boyligini
ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: